1

Uzbekistan Airways Domodedovo va Vnukovodan parvoz qiladigan yo`lovchilarga murojaat qildi

Jamiyat 23.03.2024, 08:32
Uzbekistan Airways Domodedovo va Vnukovodan parvoz qiladigan yo`lovchilarga murojaat qildi

Kecha, 22 mart kuni kechqurun Rossiya poytaxti Moskvadagi Crocus City Hall'da otishma va portlashlar yuz bergani haqida xabar bergan edik. 

Mahalliy OAV ma`lumotlariga ko`ra, konsert zalida noma`lum shaxslar o`t ochgan. Binoda portlash sodir bo`lgan va yong`in boshlangan. 73 kishi halok bo`lgan, jarohatlanganlar soni 120 dan ortiqligi aytilmoqda.

RIA Novosti bergan ma`lumotga ko`ra,hujumchilar soni kamida uch kishini tashkil etgan, ular kamuflyajda bo`lgan. Batafsil tafsilotlar to`g`risida rasmiy ma`lumotlar hozircha mavjud emas.

Shuningdek, Uzbekistan Airways Domodedovo va Vnukovo xalqaro aeroportlaridan parvoz qiladigan yo`lovchilarni Moskva aeroportlariga belgilangan vaqtdan oldinroq kelishlarini so`radi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1