1

Qashqadaryoda qiz onasi vafotidan so`ng otasi unga va singlisiga shilqimlik qilganini aytdi

Jamiyat 27.03.2024, 19:34
Qashqadaryoda qiz onasi vafotidan so`ng otasi unga va singlisiga shilqimlik qilganini aytdi

Bolalar ombudsmani kotibiyatiga ijtimoiy tarmoqlar orqali o`smir qiz o`z otasi tomonidan turli shakldagi zo`ravonlikka uchraganligi haqida gapirayotganligi aks etgan video kelib tushdi.

Holat Bolalar ombudsmani tomonidan nazoratga olindi.

Ma`lum bo`lishicha, qizning murojaatiga ko`ra, 2008 yilda tug`ilgan M.Sh. (qiz bola) va 2010 yilda tug`ilgan N.Sh. (qiz bola) larning onasi 2018 yilda vafot etgan.

Qiz onasining o`limidan so`ng, otasi N.R. unga nisbatan turli uyatsiz-buzuq harakatlar, shilqimliklar qilib, bir necha yil davomida muttasil kaltaklab ham kelganligi, turli haqoratlar bilan uning sha`ni-qadr qimmatini poymol qilganligini bildirgan.

M.Sh. va N.Sh. bir necha marotaba uydan chiqib ketganligi sababli buvisi N.L. nevaralari bedarak yoqolgani haqida bergan arizasiga ko`ra hamda voyaga etmagan M.Sh. va N.Sh. larning otasi N.R. ning harakatlariga huquqiy baho berish uchun mazkur holat yuzasidan Qarshi shahar prokuraturasi tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib bormoqda.

 Hozirda voyaga etmagan M.Sh. va N.Sh. lar ijtimoiy-huquqiy jihatdan xavfli ahvolda bo`lganligi sababli, Qashqadaryo viloyati IIB huzuridagi Voyaga etmaganlarni ijtimoiy-huquqiy yordam ko`rsatish markaziga joylashtirilgan va ularga zaruriy ko`mak ko`rsatilmoqda.

Bu borada qo`shimcha ma`lumot beriladi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1