1

Surxondaryoda sodir bo`lgan YTHda 3 kishi vafot etdi

Jamiyat 28.03.2024, 15:40
Surxondaryoda sodir bo`lgan YTHda 3 kishi vafot etdi

Joriy yilning 27 mart kuni soat 15:40 atrofida Surxondaryo viloyati, Sariosiyo tumanida 1983 yilda tug`ilgan, haydovchilik guvohnomasiga ega bo`lmagan fuqaro (ayol kishi) Nexia-3 avtomashinasida "Sangardak-Denov" yo`nalishida harakatlanayotib, tezlikni me`yoridan oshirishi oqibatida tik nishablikda boshqaruvni yo`qotgan va yo`ldan chiqib ketib beton to`siqqa urilgan. Bu haqda Surxondaryo viloyati IIB YHXB Matbuot xizmati xabar berdi. Ushbu YTH natijasida avtomobilda yong`in yuzaga kelgan.

Mazkur YTH hamda yong`in natijasida avtomobil haydovchisi va uning ikki nafar voyaga etmagan farzandlari voqea joyida vafot etgan.

Shuningdek, avtomobilda bo`lgan haydovchining yana bir nafar farzandi hamda yaqin qarindoshi (avtomobil egasi) og`ir tan jarohati bilan shifoxonaga yotqizilgan.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1