1

Messi jarohati sabab "Inter Mayami" o`yinini o`tkazib yuboradi

Sport 30.03.2024, 15:40
Messi jarohati sabab "Inter Mayami" o`yinini o`tkazib yuboradi

Argentina terma jamoasi va Mayamining "Inter" klubi hujumchisi Lionel Messi o`z klubining MLS Amerika ligasidagi navbatdagi o`yinini o`tkazib yuboradi. Bu haqda "Zamon.uz" yozmoqda. 

Ertaga, “Inter Mayami” “Nyu-York Siti” bilan o`yin o`tkazadi, biroq argentinalik futbolchi avvalroq olgan jarohati tufayli unda ishtirok etmaydi. 36 yoshli futbolchi Argentinaning Salvador va Kosta-Rikaga qarshi ikkita o`yinini o`tkazib yuborgan va tiklanishda davom etmoqda.

Joriy mavsumda Messi barcha musobaqalarda beshta uchrashuvda ishtirok etib, beshta gol va ikkita golli uzatmaga mualliflik qildi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1