Avval xabar berganimizdek, futbol bo`yicha Osiyo kubogida O`zbekiston Olimpiya terma jamoasi o`z ishtirokini boshlagan edi.
Bu safargi raqibi Malayziya terma jamoasi bo`ldi.
O`yinning 1-bo`limida Jasur Jaloliddinov penaltidan hisobni ochdi. Ulug`bek Hoshimov 83-daqiqada gol bilan hisobni yana bittaga orttirdi. Hisob 2:0 bo`ldi.
Shu tariqa futbol bo`yicha O`zbekiston Olimpiya terma jamoasi Osiyo kubogida Malayziya bilan bo`lgan uchrashuvda g`alaba qozondi.