1

O`zbekiston Qozog`istonga insonparvarlik yordamini yubordi

Jamiyat 20.04.2024, 11:19
O`zbekiston Qozog`istonga insonparvarlik yordamini yubordi

O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoevning topshiriqlariga muvofiq Qozog`iston Respublikasida yuz bergan suv toshqinlari oqibatida zarar ko`rgan aholiga insonparvarlik yordami yuborildi.

Insonparvarlik yordami yukini shakllantirish hamda belgilangan manzilga etkazib berish bilan bog`liq tashkiliy masalalarga qaratilgan Vazirlar Mahkamasining farmoyishi qabul qilindi.

Insonparvarlik yordami yukini O`zbekiston Respublikasi Prezidentining maslahatchisi T.Xudaybergenov boshchiligidagi ishchi guruh Qozog`iston Respublikasiga etkazib beradi.

15 ta katta yuk hajmli avtoulovlardagi insonparvarlik yordamida oziq-ovqat mahsulotlari, ayollar, bolalar va erkaklar ust-bosh kiyim-kechaklari, ko`rpacha, yoping`ich, yostiqlar, gigienik vositalar, maxsus qurilmali chodirlar, rezina qayiq to`plamlari va boshqa zarur mahsulotlar o`rin olgan.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1