1

Rossiya va Qozog`istondan olib kelingan qariyb 20 kg sintetik narkotik moddalar musodara qilindi (video)

Jamiyat 20.04.2024, 12:12
Rossiya va Qozog`istondan olib kelingan qariyb 20 kg sintetik narkotik moddalar musodara qilindi (video)

Davlat xavfsizlik xizmatining Toshkent shahar bo`yicha boshqarmasi xodimlari tomonidan ichki ishlar organlari bilan hamkorlikda Toshkent shahri va Toshkent viloyati hududida bir nechta tezkor tadbir o`tkazildi.

Jumladan, Toshkent viloyatining Qibray tumanida yashovchi fuqaroning yashash xonadoni ko`zdan kechirilganda, sotish uchun tayyorlab qo`yilgan 4 kg. 824 gr. «Mefedron», 3 kg. 274 gr. «Spays» va 2 kg. 130 gr. «Alfa-PVP» sintetik giyohvandlik vositalari borligi ma`lum bo`lib, ular tegishli tartibda rasmiylashtirib olindi.

Aniqlanishicha, ushbu narkotik moddalar mamlakatimizga bojxona nazoratini chetlab o`tgan holda Qozog`iston Respublikasidan olib kelingan va kelgusida ularni kichik bo`laklarga bo`lgan holda, internet tarmog`i orqali sotish rejalashtirilgan.

Boshqa holatda esa 3 dona avtomobil ehtiyot qismi (kardan vali) ichiga yashirilib, Rossiya Federasiyasidan yuk avtomashinasida yuborilgan 3 kg. 780 gr. «Mefedron» sintetik giyohvandlik vositasini Toshkent viloyatining Zangiota tumanida qabul qilib olgan vaqtlarida, Toshkent shahrida yashovchi 2 nafar va Toshkent viloyatida istiqomat qiluvchi bir nafar shaxs ashyoviy dalillar bilan ushlandi.

Aniqlanishicha, ushbu narkotik moddalar ham kichik bo`laklarga bo`lingan holda, internet tarmog`i orqali mijozlarga sotilishi rejalashtirilgan.

Sirdaryo viloyatida tug`ilgan fuqaroning Toshkent shahar Yangihayot tumanidagi vaqtincha yashash xonadoni ko`zdan kechirilganda 5 kg. 687 gr. «Pregabalin» kuchli ta`sir qiluvchi moddasi borligi ma`lum bo`ldi. 

Mazkur shaxs Rossiya Federasiyasidan keltirilgan ushbu kuchli ta`sir qiluvchi moddalarni kichik bo`laklarda Yangihayot va Sergeli tumanlari hududidagi xufiya joylarga yashirib, so`ngra ularni «Telegram» messenjeri orqali mijozlarga sotishni reja qilgan.
Hozirda mazkur shaxslarga nisbatan jinoyat ishlari qo`zg`atilib, qamoq ehtiyot chorasi qo`llanilgan.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1