Vazirlar Mahkamasining tegishli qarori bilan Shuxrat Djabbarov Qishloq xo`jaligi vazirligi huzuridagi Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish qo`mitasi raisining birinchi o`rinbosari;
Abrar Akbarov Qishloq xo`jaligi vazirligi huzuridagi Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish qo`mitasi raisining o`rinbosari etib tayinlandi.
Shuningdek, Vazirlar Mahkamasining tegishli qaroriga muvofiq, Bobir Xamraev Qishloq xo`jaligi vazirligi huzuridagi O`simliklar karantini va himoyasi agentligi direktorining birinchi o`rinbosari etib tayinlandi va shu munosabat bilan O`simliklar karantini va himoyasi agentligi bosh direktorining o`rinbosari vazifasini bajaruvchi lavozimidan ozod qilindi.
Ulug`bek Yunusov Qishloq xo`jaligi vazirligi huzuridagi O`simliklar karantini va himoyasi agentligi direktori o`rinbosari etib tayinlandi va shu munosabat bilan Nodirjon Kasimov O`simliklar karantini va himoyasi agentligi bosh direktorining o`rinbosari vazifasini bajaruvchi lavozimidan ozod qilindi.