1

Samarqandda kuchli yomg`ir sabab ko`chalarda suv daryo bo`lib oqmoqda (video)

Jamiyat 20.04.2024, 18:05
Samarqandda kuchli yomg`ir sabab ko`chalarda suv daryo bo`lib oqmoqda (video)

Ijtimoiy tarmoqlarda Samarqand viloyatining Urgut tumani kuchli yomg`ir sabab ko`chalarda suv daryo bo`lib oqayotgani aks etgan video tarqaldi. 

Viloyat FVB munosabat bildirdi. 

Viloyatimizning ayrim hududlarida kuchli yomg`ir yog`ishi natijasida yomg`ir suvlari to`planib qolish holatlari kuzatilmoqda. 

Jumladan: Urgut tumani hududlarida qisqa vaqt ichida ko`p miqdordagi yomg`ir yog`ishi va yomg`ir suvlari yig`ilib, suv o`tkazish tizimiga sig`masdan toshib chiqishi holati kuzatildi.

Ushbu hodisalardan fuqarolarning jabrlanish va binolarga talafot etish holatlari bo`yicha ma`lumotlar kelib tushmagan.

Hozirda FVB, IIB, hokimlik va boshqa hamkor tashkilotlar tomonidan hodisa oqibatlari bartaraf etilmoqda, deyiladi munosabatda. 

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1