1

Farg`onada pul berishni va`da qilib, o`smir bilan jinsiy aloqa qilgan yigit ushlandi

Jamiyat 21.04.2024, 10:20
Farg`onada pul berishni va`da qilib, o`smir bilan jinsiy aloqa qilgan yigit ushlandi

Farg`onada pul berishni va`da qilib, o`smir bilan jinsiy aloqa qilgan shaxs qo`lga olindi. Bu haqda viloyat Ichki ishlar boshqarmasi ma`lum qildi.

Qayd etilishicha, viloyat IIB tumanlararo patrul-post xizmati  otryad xodimlari O`zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 128-moddasi 1-qismida ko`rsatilgan jinoyatni sodir etib, Oltiariq tumani IIB tomonidan qidiruv e`lon qilingan  D.S.ni qo`lga olgan.

“Qidiruvdagi shaxslar haqida biror ma`lumotga ega bo`lsangiz, yaqin oradagi ichki ishlar bo`limlariga xabar bering. Shaxsingiz sir saqlanishi ta`minlanadi”, deyiladi IIBning murojaatida.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1