1

“Ramzan Qodirovga oshqozon osti bezi nekrozi tashxis qo`yilgan”

Dunyo 22.04.2024, 22:19
“Ramzan Qodirovga oshqozon osti bezi nekrozi tashxis qo`yilgan”

Ramzan Qodirovga ushbu tashxis 2019 yilda qo`yilganini da`vo qilmoqda. Bu haqda “Novaya Gazeta Evropa” nashri jurnalistlari xabar qildi.

Nashrning yozishicha, Qodirov yiliga kamida ikki marta Moskvadagi Rossiya prezidenti ma`muriyatining Markaziy klinik shifoxonasida muntazam muolajalar, jumladan jarrohlik amaliyotini o`tkazgan. Bundan tashqari, 2020 yilning yozida Qodirov koronavirusdan tuzalib, endokrin tizimi bilan bog`liq jiddiy muammolarga duch kelgan.

“Novaya gazeta Evropa” bu ma`lumotni qaerdan olganini aniqlashtirmagan, Checheniston hukumati ushbu xabarga izoh bermadi.

Shu bilan birga, jurnalistlarning ma`lumotlariga ko`ra, 2023 yil sentyabr oyidan boshlab ma`muriyat “Chechenistonda hokimiyatning almashinuvi ssenariysi”ni ishlab chiqishni boshlagan. Nashr Qodirovning vorisi Checheniston Ichki ishlar vazirligi rahbarining sobiq o`rinbosari, “Axmat” maxsus kuchlari qo`mondoni Apti Alaudinov bo`lishi mumkinligini taxmin qilmoqda.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1