1

Navoiy va Toshkentda kuchli ta`sir qiluvchi dori vositalari muomalasiga chek qo`yildi

Jinoyat 22.04.2024, 22:21
Teglar: Navoiy Toshkent, kuchli ta`sir qiluvchi dori
Navoiy va Toshkentda kuchli ta`sir qiluvchi dori vositalari muomalasiga chek qo`yildi

Navoiy shahri va Toshkent shahrining Bektemir tumanida kuchli ta`sir qiluvchi dori vositalarini muomalaga kiritilishining oldi olindi. Bu haqda Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti matbuot xizmati xabar berdi.

Ma`lum qilinishicha, departamentning Navoiy shahar bo`limi tomonidan DXX va IIB xodimlari bilan hamkorlikda o`tkazilgan  tezkor tadbirda “B.F.” MChJ rahbari I.F. fuqaro X.T.ga jami 180 dona “Reduksin” va “Fatzorb” nomli kuchli ta`sir qiluvchi dori vositasini sotgan vaqtida ushlanib, savdo do`konidan yana 432 dona kuchli ta`sir qiluvchi dori vositalari ashyoviy dalil sifatida olingan.

Shu kabi departamentning Bektemir tuman bo`limi tomonidan IIB xodimlari bilan hamkorlikda “Sharq” YPX postida o`tkazilgan tezkor tadbirda Lacetti rusumli avtotransport vositasi to`xtilib ko`zdan kechirilganda, yo`lovchi Y.M.ning yonida 34 dona “Regapen” nomli kuchli ta`sir qiluvchi dori vositasi va 10 gramm “Pregabalin” nomli modda borligi aniqlanib, ashyoviy dalil sifatida olingan.

Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 251-1-moddasi (kuchli ta`sir qiluvchi yoki zaharli moddalarni qonunga xilof ravishda muomalaga kiritish) bilan jinoyat ishlari qo`zg`atilib, tergov harakatlari o`tkazilmoqda.

Sharhlar

“Reduksin” nomli kuchli ta`sir qiluvchi dori vositasining savdosiga chek qo`yildi

02.05.2024, 14:36

Kuchli ta`sir qiluvchi dori vositasini muomalaga kiritilishining oldi olindi. Bu haqda Prokuratura Departamenti xabar berdi.  Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Yakkasaroy tuman bo`limi tomonidan o`tkazilgan tezkor tadbirda...
Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1