1

21 yoshli kelinchak 5000$ puli va salkam 1 kilo tillasini lo`liga berib yuboribdi

Jamiyat 23.04.2024, 21:47
21 yoshli kelinchak 5000$ puli va salkam 1 kilo tillasini lo`liga berib yuboribdi

Toshkentlik ayol qiymati 100mln.so`m atrofida bo`lgan qimmatbaho buyumlarni qanday qilib lo`lilarga berib yuborgani haqida gapirib berdi. 21 yoshli kelinchak 5000 AQSh va 700 gramm tilla-taqinchoqlarga chuv tushdi.  

“Lo`limi? bilmayman-u Bir kampir kelib, suv so`radi. Suv olib chiqib berganimdan so`ng, “qizing bor ekan-a”, – dedi.  "Ha", dedim hayron qarab. “Uyingga ilm-u amal qilingan. Oradan vaqtlar o`tib, shu farzandingga tegadi”, dedi.

Kampirning gaplariga ishonib, gipnoz ta`siriga tushgan kelin o`z ixtiyorini unga topshiradi.  

“Hovlimdagi bir joyni ushlab, u erni kovlashni boshladi. Qonga belangan, ko`zlari o`yilgan, ichiga igna tiqilgan qo`g`irchoq chiqdi. O`sha vaqtda yig`lab yubordim. Nima qilsangiz qiling, qancha bo`lsa ham beraman”,  dedim qo`rqqanimdan. “Mayli-yu bu narsa juda qiyin va badali og`ir bo`ladi”, dedi lo`li kampir. “Erim yig`ib kelayotgan 5 ming AQSh dollar pul bilan 700 gramm tillani olib chiqib berib yubordim. Shuning oqibatidan katta janjal bo`ldi. Oilam buzilib ketishiga oz qoldi. U ayolni hatto yuzini ham eslay olmayman. Kampirni bu voqeani avvaldan rejalashtirgan deb o`ylamaybman ham.  Chunki o`sha vaqt qizim kichkina va kasal edi. Shu sababli, farzandimning sog`lig`i har narsadan ustun dedim-da pullarni berib yubordim”, deydi kelinchak.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1