1

Samarqandda erining ustiga benzin sepib, yoqib yuborgan ayolga sud hukmi o`qildi

Jamiyat 24.04.2024, 13:10
Samarqandda erining ustiga benzin sepib, yoqib yuborgan ayolga sud hukmi o`qildi

Samarqandda mast holatda bo`lgan turmush o`rtog`ining qo`l-oyoqlarini arqon bilan bog`lab, ustiga benzin sepib, tiriklayin yoqib yuborgan 32 yoshli ayolga sud hukmi o`qildi.

Sud hujjatlarida ko`rsatilishicha, marhum va qotillikda ayblangan ayol o`rtasida tez-tez oilaviy janjal sodir bo`lib turgan. Sudlanuvchi ayolning ma`lum qilishicha, marhum oxirgi paytlarda uyga pul olib kelmay qo`ygan va ayolini boshqa erkaklar bilan gaplashayotganlikda ayblagan.

Voqea sodir bo`lgan kuni eri ayolini bir shapaloq urgani uchun ayol bolasini olib chiqib ketib, uyga spirtli ichimlik bilan qaytgan. Mastlikda shapaloq zarbidan g`azablangan ayol erining qo`l-oyoqlarini bog`lab, tanishiga benzin buyurtma qilgan.

Ayol uyda shirakayf holatda uxlayotgan erining ustiga benzin sepib yoqib yuborgan.

Sud hukmiga ko`ra, ayol JKning 97-moddasi 2-qismi "v,d,j" bandlarida nazarda tutilgan jinoyatni sodir etganlikda aybdor deb topildi. Unga JKning 57-moddasini qo`llab 12 yil muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlandi va jazoni umumiy tartibli koloniyada o`tash belgilandi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1