Ijtimoiy tarmoqlarda Payariq tumanidagi maktab o`quvchisiga jismoniy tazyiq o`tkazib kelinayotganligi to`g`risida xabar tarqaldi.
Bolalar ombudsmani mazkur holatni o`z kuzatuviga oldi.
O`rganishlar davomida aniqlanishicha, 2009 yilda tug`ilgan, 7 «V» sinf o`quvchisi U.A. (qiz bola) ga qo`lining ko`karish holati borligi haqida uning sinfdoshlari shu yilning 19 aprel kuni xabar topib, ushbu maktabning ingliz tili o`qituvchisi Sh.Sh. ga aytishgan, lekin o`qituvchi bolaga nisbatan sodir etilgan zo`ravonlik yuzasidan tegishli ravishda xabar bermagan va bu borada chora ko`rmagan.
Hozirda Payariq tumani IIB tomonidan holat yuzasidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.
Mazkur vaziyat kompleks ravishda tuman prokuraturasi, maktab inspektor-psixologi va tumanning «Inson» ijtimoiy himoya markazi xodimlari tomonidan o`rganilmoqda.