1

“Afrosiyob” poezdiga chiptalar narxlari oshiriladi

Jamiyat 25.04.2024, 19:14
Teglar: poezd, Afrosiyob, narxlar
“Afrosiyob” poezdiga chiptalar narxlari oshiriladi

15 maydan “Afrosiyob”ga chiptalar narxlari oshmoqda. Bu haqda “O`zbekiston temir yo`llari” AJ ma`lum qildi.

Qayd etilishicha, temir yo`l infratuzilmasini isloh qilish, elektr-energiya, yoqilg`i, logistika va transport xarajatlarini qoplash, shuningdek, yangi yuqori tezlikda harakatlanuvchi elektropoezdlarni xarid qilish maqsadida “Afrosiyob” elektropoezdlarining chiptalar narxlari ekonom klass 20 foiz, biznes klass 30 foiz va VIP klass 40 foizga oshiriladi.

Endilikda chiptalar narxlari quyidagicha bo`ladi:

Toshkent — Buxoro

  • VIP 890 000 so`m
  • Biznes 600 000 so`m
  • Ekonom 403 000 so`m

Toshkent — Qarshi

  • VIP 747 000 so`m
  • Biznes 507 000 so`m
  • Ekonom 338 000 so`m

Toshkent — Samarqand

  • VIP 554 000 so`m
  • Biznes 358 000 so`m
  • Ekonom 244 000 so`m

"O`zbekiston temir yo`llari" kompaniya o`z xabarida prezident 2023 yil 10 oktyabrdagi "O`zbekiston Respublikasi temir yo`l transporti sohasini tubdan isloh qilish chora-tadbirlari to`g`risida"gi qaroriga muvofiq. 2024 yil 1 yanvardan boshlab yuqori tezlikdagi "Afrosiyob" elektropoezdlarida yo`lovchilarni tashish xizmatlari tariflarini davlat tomonidan tartibga solish amaliyotidan voz kechish, shuningdek, ularni bozor tamoyillari asosida tartibga solish mexanizmiga o`tish amalga oshirilganini eslatgan.

Bundan avval kompaniya 20 yanvardan boshlab "Afrosiyob" elektropoezdlari hamda "Sharq", "Nasaf" va "O`zbekiston" tez yurar poezdlarining chiptalar narxini 20 foizga oshirgandi.

 

Sharhlar

“Afrosiyob” tezyurar poezdi endi Zominda ham to`xtab o`tadi

04.10.2022, 13:17

Yo`lovchilarga qo`shimcha qulayliklar yaratish maqsadida 2022 yilning 17 oktyabrdan 764/763 sonli Toshkent — Samarqand—Toshkent yo`nalishidagi yuqori tezlikda harakatlanuvchi "Afrosiyob" elektropoezdi Dashtobod bekatida to`xtab o`tadi. Bu...
30 yil deganda birinchi marta Dushanbedan Toshkentga poezd kelmoqda

21.06.2022, 11:44

Tojikiston poytaxti Dushunbe shahridan Toshkentga poezd kelmoqda. Bu haqda UzA xabar qildi. Ma`lum qilinishicha, poezd bugun, 21 iyun kuni soat 13.43 da Toshkent vokzaliga etib kelishi...
Hindistondagi poezd halokati oqibatida 9 kishi halok bo`ldi

14.01.2022, 20:16

Hindiston sharqidagi G`arbiy Bengaliya shtatida yo`lovchi poezdi relsdan chiqib ketishi oqibatida kamida to`qqiz kishi halok bo`lgan. Bu haqda NDTV telekanali xabar bermoqda.Qayd etilishicha, poezdning kamida...
Xitoyda poezd haydovchisiz boshqarish yo`lga qo`yildi

01.01.2022, 14:06

Yangi yil arafasida Pekin metropolitenining Yanshan-Fanshan yo`nalishidagi metro poezdi vagonlarini ajratib turgan qismlarni demontaj qilish ishlari yakunlandi.Xitoyning etakchi gazetalaridan biri “Jenmin jibao”ning yozishicha, mashinist kabinasi...
Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1