1

G`azoda ommaviy qabrlardagi jasadlarning kamida 20 tasi tiriklay ko`milgan

Dunyo 25.04.2024, 21:25
Teglar: G`azo, ommaviy qabrlardagi jasadlar, tiriklay ko`mish
G`azoda ommaviy qabrlardagi jasadlarning kamida 20 tasi tiriklay ko`milgan

G`azo hududida aniqlangan ommaviy qabrlardan topilgan jasadlarning kamida 20 tasi tiriklayin ko`milgan bo`lishi mumkin. Bu haqda G`azo fuqarolik mudofaasi tashkiloti tarqatgan xabarlarga asoslanib, Al Jazeera nashri xabar berdi.

Manbada aytilishicha, G`azodagi ommaviy qabrlarda topilgan o`nta jasadning qo`llari bog`langan holatda bo`lgan. Shu dalilga asoslanib, jasadlar tirik holatda ko`milgani taxmin qilinmoqda.

“Biz tiriklayin ko`milgan deb taxmin qilayotgan jasadlarning kamida 20 tasini sud-tibbiy ekspertizasidan o`tkazishimiz kerak”, — degan Falastin fuqarolik mudofaasi tashkiloti a`zosi Muhammad Mug`er.

Nosir kasalxonasidagi ommaviy qabrlardan topilgan ba`zi jasadlar bolalarga tegishli ekani ma`lum qilingan. Bolalar jasadlari qoldiqlari haqidagi foto va videodalillar taqdim etilgan.

Bir qancha arab nashrlari g`azolik asirlar tiriklayin ko`milishi borasida Isroil harbiy ma`muriyatiga savollar yo`llagan. Ma`muriyat murojaatni e`tiborsiz qoldirgan.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1