1

Dam olish kunlari yog`ingarchiliksiz o`tishi va harorat pasayishi kutilmoqda

Jamiyat 26.04.2024, 17:30
Dam olish kunlari yog`ingarchiliksiz o`tishi va harorat pasayishi kutilmoqda

Dam olish kunlari yog`ingarchiliksiz o`tishi va harorat pasayishi kutilmoqda, deya xabar qildi O`zgidromet xizmati agentligi.

Juma kuni kunduzi respublikaning katta qismida yog`ingarchiliksiz ob-havo bo`lishi kutilmoqda. Faqat Farg`ona vodiysi viloyatlarida ba`zi joylarda qisqa muddatli yomg`ir yog`adi, Toshkent viloyatida kunning ikkinchi yarmida ba`zi joylarda qisqa muddatli yomg`ir yog`ishi, momaqaldiroq bo`lishi mumkin. 

Bunday holat ertaga — 27 aprel kuni ham saqlanib turadi. Kunning ikkinchi yarmida momaqaldiroq bilan qisqa muddatli yomg`ir faqat Toshkent viloyatida va Farg`ona vodiysi viloyatlarida yog`ishi mumkin. Yakshanba kuni O`zbekistonning barcha hududlarida yog`ingarchilik kutilmaydi. Ushbu kunlarda harorat foni pasayadi.

Juma kuni kunduzi havo harorati asosan +22…+27, shanba kuni +20…+25, yakshanba kuni esa +18…+23 daraja bo`ladi. Havo harorati kechalari pasayadi, yakshanba kuniga kelib +8…+13 darajagacha pasayadi.

26 aprelda shimolda, janubda va cho`l hududlarda, 27−28 aprelda respublika bo`yicha ba`zi joylarda shamol tezligi 15−20 m/s gacha kuchayadi, ayrim joylarda chang-to`zonlar bilan kuzatiladi.

26−28 aprelda tog`oldi va tog`li hududlarda ba`zi joylarda qisqa muddatli yomg`ir yog`adi, momaqaldiroq bo`ladi. Sel-suv toshqin hodisalari yuzaga kelishi mumkin. Baland tog`larda 2000 m dan yuqorida qor ko`chishi xavfi saqlanib turadi.

Toshkent shahrida havo biroz bulutli bo`ladi, juma va shanba kunining ikkinchi yarmida qisqa muddatli yomg`ir yog`ishi, momaqaldiroq bo`lishi mumkin. Yakshanba kuni yog`ingarchilik kutilmaydi. Shamol 5−10 m/s tezlikda esadi. Harorat bugun va ertaga kunduzi +21…+24, yakshanba kuni +18−+20 daraja atrofida bo`ladi. Harorat kechalari +8…+10 darajagacha pasayadi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1