Yaponiyalik talaba dunyodagi eng kichik odamsimon robotni yaratdi va Ginnesning rekordlar kitobiga kirdi. Qurilmaning balandligi bor-yo`g`i 5,77 santimetrni tashkil etadi, bu avvalgi rekordchidan deyarli uch barobar kamdir. Bu haqda zamon.uz xabar berdi.
Elektron gumanoidni yaratuvchisi MitsuyaTatsuxikoNagoya texnologiya instituti aspirantidir. U o`zining birinchi robotini 10 yoshida yasagan – bu uning qo`llari va oyoqlarini harakatga keltiradigan oddiy qurilma edi.
U robotning o`lchamlarini qismlarning parallel ulanishi tufayli imkon qadar qisqartirishga muvaffaq bo`ldi, deb xabar beradi Ginnesning rekordlar kitobi sayti.