Xalqaro futbol federasiyasi – FIFA noyabr oyi uchun terma jamoalar reytingini taqdim etdi. Unga ko`ra, O`zbekiston milliy terma jamoasi oktyabr oyiga nisbatan 14 pog`ona yo`qotdi. Oktabr oyida 48-o`rinni band etgan O`zbekiston termasi noyabr oyi reytingida 62-o`ringa tushib ketdi.
Osiyo mamlakatlari orasida O`zbekiston terma jamoasi Eron (30-o`rin), Janubiy Koreya (37-o`rin), Yaponiya (45-o`rin), Avstraliya (48-o`rin) va Saudiya Arabistonidan (56-o`rin) keyin 6-o`rinda bormoqda.
FIFA reytingini hamon Argentina terma jamoasi boshqarib bormoqda. Undan keyingi o`rinlarni Braziliya va Germaniya egallagan.
FIFA reytingining to`liq talqini bilan mazkur havola orqali tanishib chiqishingiz mumkin bo`ladi.
23.05.2024, 18:44
Prezident boshchiligida o`tkazilayotgan yig`ilishda 2025 yilda poytaxtda yangi ishga tushiriladigan Olimpiya shaharchasida O`zbekiston davlat sport akademiyasi tashkil qilinishi ko`zda tutilganligi ma`lum qilindi. Ushbu muassasa huzuriga Jismoniy...10.05.2024, 15:14
Yig`ilishda kun tartibidagi ikkinchi masala – barcha joylarda “Sayxunobod” tajribasini jadallashtirish muhokama qilindi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar berdi.Bu borada boshlangan ishlar natijasida aprel...06.05.2024, 13:48
O`zbekistonda oxirgi 3 oy ichida qancha avtobus ishlab chiqarilgani ochiqlandi. Bu haqda Statistika agentligi xabar berdi. O`zbekistonda oxirgi 3 oy ichida qancha avtobus ishlab chiqarilgani ochiqlandi. Mart...13.09.2023, 11:02
Osiyo kubogi uchun saralash o`yinlari yakunlandi, deya xabar bermoqda "darakchi.uz" muxbiri. Ma`lum bo`lishicha, so`nggi 6 o`yinda raqiblari darvozasiga 25 ta gol kiritib, 3 ta gol o`tkazib...