Kelasi mavsumda OFK hamda FIFA tasarrufiga kiruvchi o`yinlarni boshqarish uchun O`zbekiston Futbol Federasiyasi tomonidan tavsiya etilgan o`zbekistonlik hakamlar OFKning elit seminariga taklif olishdi.
BAAning Dubay shahrida tashkil etilgan ushbu seminarda o`zbekistonlik hakamlar va laynsmenlar uchun yangi o`quv kurslari tashkil etiladi. Shuningdek, hakamlar mazkur seminarda nazariy hamda amaliy imtihonlardan tashqari fitnes-testlardan o`tishlari talab etiladi. Ta`kidlash joiz, mazkur fitnes-testlardan muvaffaqiyatli o`tgan hakamlargina xalqaro o`yinlarni boshqarish uchun tayinlanishlari mumkin.
Ta`kidlash lozim, mazkur seminarda hakamlarga OFK hakamlikni rivojlantirish bo`limi boshlig`i o`zbekistonlik Karine Muradyan yo`riqchilik qilmoqda.
OFK elit seminarida ishtirok etayotgan o`zbekistonlik hakamlar va laynsmenlar ro`yxati:
FIFA referilari: Ravshan Ermatov, Valentin Kolvalenko, Sherzod Qosimov, Ilgiz Tantashev, Aziz Asimov.
FIFA laynsmenlari: Jahongir Saidov, Abduhamidillo Rasulov, Ma`mur Saidqosimov, Ruslan Serazetdinov, Andrey Sapenko, Alisher Usmonov, Xusniddin Shodmonov.
23.05.2024, 18:44
Prezident boshchiligida o`tkazilayotgan yig`ilishda 2025 yilda poytaxtda yangi ishga tushiriladigan Olimpiya shaharchasida O`zbekiston davlat sport akademiyasi tashkil qilinishi ko`zda tutilganligi ma`lum qilindi. Ushbu muassasa huzuriga Jismoniy...10.05.2024, 15:14
Yig`ilishda kun tartibidagi ikkinchi masala – barcha joylarda “Sayxunobod” tajribasini jadallashtirish muhokama qilindi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar berdi.Bu borada boshlangan ishlar natijasida aprel...06.05.2024, 13:48
O`zbekistonda oxirgi 3 oy ichida qancha avtobus ishlab chiqarilgani ochiqlandi. Bu haqda Statistika agentligi xabar berdi. O`zbekistonda oxirgi 3 oy ichida qancha avtobus ishlab chiqarilgani ochiqlandi. Mart...13.09.2023, 11:02
Osiyo kubogi uchun saralash o`yinlari yakunlandi, deya xabar bermoqda "darakchi.uz" muxbiri. Ma`lum bo`lishicha, so`nggi 6 o`yinda raqiblari darvozasiga 25 ta gol kiritib, 3 ta gol o`tkazib...