1

O`zbekiston, Qozog`iston va Qirg`iziston o`rtasida “Qambarota GES-1” bo`yicha Bitim imzolandi

Iqtisodiyot 10.06.2024, 21:51
O`zbekiston, Qozog`iston va Qirg`iziston o`rtasida “Qambarota GES-1” bo`yicha Bitim imzolandi

Bugun, 10-iyun kuni Avstriyaning Vena shahrida Jahon banki guruhi ko`magida Qirg`iz Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tashkil etilgan “Qirg`iz Respublikasi Xalqaro energetika investisiya forumi”ning birinchi kuni bo`lib o`tdi. Unda O`zbekiston Energetika vaziri J.Mirzamahmudov ham ishtirok etmoqda.

Forumdan ko`zlangan asosiy maqsad – Qirg`izistonning energetika sohasini isloh qilish borasidagi ishlarini namoyish etish, investisiya imkoniyatlarini, jumladan, “Qambarota GES-1” loyihasini muhokama qilish, Markaziy Osiyoda toza energiyaga o`tishni jadallashtirish bo`yicha salohiyatni namoyish etishdan iborat.

Forumda sohaning 200 nafarga yaqin vakillari ishtirok etmoqda. Xususan, Qirg`iziston, Qozog`iston, O`zbekiston, Tojikiston, Avstriya, Fransiya, Saudiya Arabistoni, Birlashgan Arab Amirliklari, Buyuk Britaniya davlatlaridan kelgan vakillar, Evropa Ittifoq hamda bir qator xalqaro moliya institutlari mutasaddilari qatnashyapti.

Forum doirasida Qozog`iston, Qirg`iziston va O`zbekiston Energetika vazirliklari o`rtasida “Qambarota GeS-1”ni qurish va foydalanish loyihasini amalga oshirishga tayyorgarlik ko`rish to`g`risida uch tomonlama Bitim imzolandi.

Unga ko`ra, energetika sohasida, jumladan, qayta tiklanuvchi energiya manbalari sohasida hamkorlikni yanada rivojlantirish va “Qambarota GES-1” suv-energetika resurslaridan foydalanishning o`zaro maqbul mexanizmlarini yaratishga kelishib olindi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1