1

O`zbekiston kubogi – 2016 final uchrashuvini boshqaradigan hakamlar nomi ma`lum bo`ldi

Sport 28.11.2016, 11:29
Teglar: Futbol, Sport, O`zbekiston
O`zbekiston kubogi – 2016 final uchrashuvini boshqaradigan hakamlar nomi ma`lum bo`ldi

O`zbekiston kubogi – 2016 final uchrashuvini boshqaradigan hakamlar nomi ma`lum bo`ldi. Bu haqda “Nasaf” matbuot xizmati xabar bermoqda.

“Nasaf” matbuot xizmatining xabar berishicha, bu yilgi final bahsini FIFA hakami Vladislav Seytlin boshqaradi. Ushbu hakam shu paytgacha kubok finallarida bosh hakamlik qilmagan.

Kubok finalida Vladislav Seytlinga qanotlarda toshkentlik hakamlar Timur Galeev va Akbar Po`latovlar yordam berishadi. Uchrashuvda zaxira hakami sifatida Zokirjon Qodirov ishlaydi. Navoiy shahridan.

Final uchrashuvida hakamlar ishini Sardor Najafaliev nazorat qiladi. 

XXIV O`zbekiston kubogi finali

“Lokomotiv” (Toshkent) – “Nasaf” (Qarshi)

30.11.2016. Samarqand sh., “Dinamo” stadioni. 13:00da

Bosh hakam: Vladislav Seytlin (Toshkent);

Yordamchi hakamlar: Timur Galeev, Akbar Po`latov (Toshkent);

Zaxira hakami: Zokirjon Qodirov (Navoiy);

Nazoratchi: Sardor Najafaliev (Toshkent).

Sharhlar

O`zbekiston davlat sport akademiyasi tashkil qilinadi

23.05.2024, 18:44

Prezident boshchiligida o`tkazilayotgan yig`ilishda 2025 yilda poytaxtda yangi ishga tushiriladigan Olimpiya shaharchasida O`zbekiston davlat sport akademiyasi tashkil qilinishi ko`zda tutilganligi ma`lum qilindi. Ushbu muassasa huzuriga Jismoniy...
O`zbekistonda yil oxirigacha 250-300 ming kishi mehnat migrasiyasidan qaytishi prognoz qilinyapti

10.05.2024, 15:14

Yig`ilishda kun tartibidagi ikkinchi masala – barcha joylarda “Sayxunobod” tajribasini jadallashtirish muhokama qilindi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar berdi.Bu borada boshlangan ishlar natijasida aprel...
O`zbekistonda oxirgi 3 oy ichida qancha avtobus ishlab chiqarilgani ochiqlandi

06.05.2024, 13:48

O`zbekistonda oxirgi 3 oy ichida qancha avtobus ishlab chiqarilgani ochiqlandi. Bu haqda Statistika agentligi xabar berdi. O`zbekistonda oxirgi 3 oy ichida qancha avtobus ishlab chiqarilgani ochiqlandi. Mart...
O`zbekiston Eronni mag`lub etib, Osiyo kubogiga yo`llanmani qo`lga kiritdi (video)

13.09.2023, 11:02

Osiyo kubogi uchun saralash o`yinlari yakunlandi, deya xabar bermoqda "darakchi.uz" muxbiri. Ma`lum bo`lishicha, so`nggi 6 o`yinda raqiblari darvozasiga 25 ta gol kiritib, 3 ta gol  o`tkazib...
Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1