1

O`zbekiston-Turkiya Ishbilarmonlar kengashi yig`ilishining yakunlari mamnuniyat bilan qayd etildi

Dunyo 28.06.2024, 20:49
O`zbekiston-Turkiya Ishbilarmonlar kengashi yig`ilishining yakunlari mamnuniyat bilan qayd etildi

O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoev 28 iyun kuni Turkiyaning «Cengiz Holding» kompaniyasi raisi Mehmet Jengiz va «Kalyon Holding» kompaniyasi raisi Jemal Kalyonju boshchiligidagi delegasiyani qabul qildi.

O`zaro manfaatli hamkorlikni yanada kengaytirish, shu jumladan, mamlakatimiz iqtisodiyoti tarmoqlarini rivojlantirish va modernizasiya qilish bo`yicha qo`shma loyihalarni amalga oshirish masalalari ko`rib chiqildi.

Prezidentimizning yaqinda Anqaraga tashrifi davomida bo`lib o`tgan O`zbekiston-Turkiya Ishbilarmonlar kengashi yig`ilishining yakunlari mamnuniyat bilan qayd etildi. Erishilgan kelishuvlar ijrosini jadallashtirish zarurligi ta`kidlandi.

Kompaniyalar tomonidan istiqbolli loyihalarni amalga oshirish rejalari muhokama qilindi.

Yo`l infratuzilmasini modernizasiya qilish va qurish, «yashil» energetika quvvatlarini barpo etish, qo`shma geologik tadqiqotlar o`tkazish va istiqbolli konlarni o`zlashtirish loyihalari shular jumlasidan.

Ta`kidlash joizki, “Cengiz Holding” ishtirokida O`zbekistonda ikkita loyiha muvaffaqiyatli yakunlandi – Toshkent va Sirdaryo viloyatlarida umumiy quvvati 460 megavattli zamonaviy elektr stansiyalar ishga tushirildi. Bundan tashqari, Jizzax viloyatida quvvati 500 megavattdan ziyod bo`lgan yana bir elektr stansiya qurilishi davom etmoqda.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1