Rishton tuman markazida avtomashinaga o`rnatilgan gaz balloni portlashi oqibatida 1 nafar fuqaro vafot etdi. Bu haqda Farona viloyati IIB matbuot xizmati xabar qildi.
Ma`lum bo`lishicha, bugun, 27 iyun kuni 1972 yilda tug`ilgan fuqaro o`zining boshqaruvidagi “Lacetti” rusumli avtomashinasini tuman markazidagi dehqon bozori hududiga to`xtatib, o`zi savdo qilish uchun bozorga kirib ketgan vaqtida, avtomashinaga o`rnatilgan gaz balloni portlashi oqibatida yong`in kelib chiqqan.
Portlash natijasida, shu atrofda bo`lgan fuqaro A.A. tan jarohati olib, ko`rsatilgan tibbiy muolajalarga qaramasdan vafot etgan.
Mazkur holat yuzasidan O`zbekiston Respublikasi JK ning 259-moddasi 2-qismi “a” bandi bilan jinoyat ishi qo`zg`atilib, hozirda dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.