Angliya chempionati 14-turidan o`rin olgan “Manchester Siti” – “Chelsi” o`yini o`z poyoniga etdi. Unda London klubi 3:1 hisobida zafar quchdi. Uchrashuvning 45-daqiqasida Xesus Navasning uzatmasidan keyin Gari Keyxill o`z darvozasiga gol kiritdi.
Ikkinchi bo`limning 60-daqiqasida Diego Kosta hisobni tenglashtirdi. 10 daqiqadan keyin Villian hisobni oshirdi. O`yin yakunida Azar uchinchi gol bilan “Chelsi”ning g`alabasiga hissa qo`shdi.
Mazkur o`yindan keyin Antonio Konte jamoasi ochkolari hisobini 34 taga etkazib, peshqadamlikni saqlab qoldi. “Manchester Siti” 30 ochko bilan uchinchi o`rinda qolib ketdi.
"Manchester Siti" – "Chelsi" 1:3
Gollar: 1:0 – 45, avtogol Keyxill, 1:1 – 60 Diego Kosta, 1:2 – 70 Villian, 1:3 – 90 Azar.
"Manchester Siti" – Bravo, Otamendi, Stounz (Ixeanacho, 78), Kolarov, Sane (Klishi, 69), Fernandino, Silva, Navas, Gyundogan (Ture, 76), de Bryuyne, Aguero.
"Chelsi" – Kurtua, Keyxill, David Luiz, Alonso, Aspilikueta, Kante, Mozes, Pedro (Villian, 50), Fabregas, Azar, Diego Kosta (Chaloba, 86).
Ogohlantirishlar: Otamendi (17), Kante (49), Navas (81).
Chetlatishlar: Aguero (90+5), Fernandino (90+7)
23.05.2024, 18:44
Prezident boshchiligida o`tkazilayotgan yig`ilishda 2025 yilda poytaxtda yangi ishga tushiriladigan Olimpiya shaharchasida O`zbekiston davlat sport akademiyasi tashkil qilinishi ko`zda tutilganligi ma`lum qilindi. Ushbu muassasa huzuriga Jismoniy...15.03.2023, 11:00
FIFA navbatdagi jahon chempionati formati borasida qaror qabul qildi va uni tasdiqlashga yaqin turibdi, deya yozdi "zamon.uz".Bu 48 ta jamoa ishtirok etadigan birinchi jahon chempionati...07.05.2022, 09:03
Xabaringiz bor 17-18 may kunlari Toshkentda Italiya va O`zbekiston futboli afsonalari uchrashuvi o`tkazilishi rejalashtirilgan. O`zbek futbolining 110 yilligiga bag`ishlab o`tkazilayotgan ushbu o`yinda uzoq yillar davomida...19.11.2021, 22:29
Angliya Premer-ligasi va NBC Universal o`zaro manfaatli shartnoma imzoladi. Bu haqda BBC xabar berdi. Qayd etilishicha, amerika teleradiokompaniyasi Premer-liga o`yinlarini ko`rsatish huquqini to`liq sotib olgan. Kelishuv qiymati 2...