1

​Toshkentda og`ir jinoyat fosh etildi

Jamiyat 24.02.2017, 11:05
Teglar: Toshkent, Jinoyat
​Toshkentda og`ir jinoyat fosh etildi

2017 yil 6 fevral kuni taxminan soat 18:30larda Toshkent shahar Uchtepa tumanida 4-5 nafar noma`lum shaxs qora rangli niqob va qo`lqob kiygan holda davlat raqami noma`lum bo`lgan, oq rangli “Neksiya-1” rusumli avtomashinada kelib, “Neksiya-2” rusumli avtomashina haydovchisi, Uchtepa tumanida yashovchi 1974 yilda tug`ilgan fuqaroga nisbatan kuch ishlatib, qo`llariga plastmassadan yasalgan kishan taqib, boshiga qora rangli niqob kiydirgan holda, avtomashinada noma`lum tomonga olib ketishgan. So`ng uning beliga qo`lbola, yasama moslama taqib, uni o`ldirish bilan qo`rqitib 20.000 (yigirma ming) AQSh dollari miqdorida pul talab qilishgan, deb yozadi O`zbekiston Respublikasi IIV Matbuot xizmati.

Mazkur holat yuzasidan 7 fevral kuni Uchtepa tumani prokuraturasi tomonidan O`zbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining 137-moddasi 2-qismi “b,v” bandlari va 165-moddasi 2-qismi “b,v” bandlari bilan jinoyat ishi qo`zg`atilgan edi.

O`zbekiston Respublikasi IIV hamda Toshkent shahar IIBB tezkor xodimlari tomonidan hamkorlikda olib borilgan tezkor surishtiruv ishlari natijasida, ushbu jinoyatni sodir etganlikda gumonlangan 5 nafar shaxslar qo`lga olindilar.

Jinoyatda gumonlanuvchilarning biri - muqaddam sudlangan, Toshkent viloyati, Yuqorichirchiq tumanida yashovchi 1968 yilda tug`ilgan shaxs, uning jinoiy sheriklarining 2 nafari Parkent tumanida yashovchi – 1969 yilda va 1978 yilda tug`ilgan, yana 2 nafari esa poytaxtning Uchtepa tumanida yashovchi 1984 va 1991 yilda tug`ilgan shaxslar ekanligi aniqlandi.

Olib borilgan, tezkor-surishtiruv ishlari natijasida, yuqorida qayd etilgan jinoyatni ular 1991 yilda tug`ilgan jinoiy sheriklarining “Neksiya” rusumli avtomashinada sodir etganliklari fosh etildi.

Hozirda mazkur holat yuzasidan tezkor-tergov harakatlari davom ettirilmoqda.

Sharhlar

Toshkentda metropoliten xodimi pora bilan ushlandi

16.05.2024, 13:28

Toshkentda metropoliten xodimi pora bilan ushlandi. U fuqaroning ishonchiga kirib, uni ishga joylab qo`yishni va`da qilgan. Bu haqda Toshkent metropoliteni matbuot xizmati xabar berdi. Ma`lum qilinishicha,...
Toshkentda 25 yoshli yigit shilqimlik qilganligi uchun qamaldi

14.05.2024, 14:15

Joriy yilning 13 may kuni Toshkent shahar jinoyat ishlari bo`yicha Chilonzor tuman sudida ko`chada ayolga shilqimlik qilgan yigit bo`yicha ish ko`rib chiqildi. Bu haqda darakchi.uz...
Toshkentda talaba yigit 5 yilga qamaldi

08.05.2024, 17:27

O`zbekiston Jahon tillari universitetining 2 bosqich talabasi bo`lgan 20 yoshli yigit Toshkentdagi Isroil elchixonasi yoniga borib, uni yoqib yuborish maqsadida devor osha ichkariga kerosin solingan...
Toshkentda o`rtacha oylik ish haqi 8 mln so`mdan oshdi

29.04.2024, 14:00

2024 yilning yanvar-mart oylarida nominal hisoblangan ish haqi o`rtacha 8 mln.ni tashkil etadi. Bu haqda Statistika agentligi xabar berdi.  Ish haqining eng yuqori ko`rsatkichlari Toshkent...
Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1