1

​«Otam o`qishimga qarshi»

SUG'DIYONA 17.05.2017, 11:01
Teglar: Talaba, Ota-ona
​«Otam o`qishimga qarshi»

— Kollejni tugatganimga ham ikki yildan oshdi. Shu kungacha na biror ishnining boshini tutdim, na o`qishga kira oldim. Otam o`zim istagan yo`nalish bo`yicha o`qishga kirishimga qarshilik qilmoqda. Aytishlaricha, qiz bola oliy ma`lumotli bo`lishi shart emas ekan, turmushga chiqib farzandlarni dunyoga keltirsa, shuning o`zi etarli emish. Meni ham uzatib yuborish niyatidalar. Lekin men hayotda o`z o`rnimni topishni istayman. Ota-onamni ko`ndirish uchun nima qilay?

Sug`diyona, 19 yosh, Toshkent viloyati.

Qaynonajon: — Ona qizim, aqlli, dono qizim! Ota-onaning ko`ngliga yo`l topish yaxshi farzandning murod maqsadi hisoblanadi. Ota-ona esa farzandiga sira yomonlikni ravo ko`rmaydi. Ba`zida atrof-muhit, turli vaziyatlar insonni o`zi istamagan ishlarni qilishga majbur qiladi. Ayniqsa, qiz bola taqdiri masalasida. Agar otangiz, istaklaringizga qarshi chiqayotgan bo`lsa, o`rtaga bobo-buvingiz, ishongan amma-xolalaringizni qo`ying. Ularni ko`ndirishga qattiq bel bog`lang. Oldingizga qo`ygan maqsadingizdan chekinmasangiz, o`sha maqsad sari tinmay harakatlansangiz, bugun bo`lmasa, ertaga, albatta, niyatingizga etasiz. hayotda turli vaziyatlar bo`lar ekan. Men bir qizni bilaman, maktabni bitirgach o`n yil o`tib, oliygohga o`qishga kirdi. hozirgi kunda ishlab, ko`pchilikka nafi tegyapti. Sabrni, hayotda olg`a intilishni ana shu qizdan o`rgansak arziydi. Kelajagingiz porloq bo`lsin, asal qizim.

Gulnora MUXTOROVA, ruhshunos: — Bilasizmi singlim, inson hayotda o`z istaklarini boshqalarga tushuntira olishni o`rganishi juda muhim. Gaplarini bosh egib, jimgina tinglab o`tirgan qizini ko`rgan har qanday ota ham “Qizim shu tanlovga rozi ekan” deb o`ylashi tabiiy. Axir unga ko`nglingiz vayron bo`layotganini tushuntirmasangiz, xayolingizda nimalar kechayotganini aytmasangiz, ularni otangiz qaerdan bilsin?! Birinchi galda otangizga istaklaringizni tushuntiring. “Otajon, kelgusida yuzingizni yorug` qilaman, ilm o`rganaman, kasb egasi bo`laman, ukalarimga nafim tegadi” deb ayting. Agar otangiz gaplaringizga ko`nmasa, yaqin ustozingizni ishga soling, ular qanchalik ilmga chanqoq ekaningizni aytib, o`qishni davom ettirsangiz, kelajakda olima bo`lib etishishga salohiyatingiz borligini aytishsin. Tajribamda ota-onalar bu borada atrofdagilarning, ayniqsa, ustozlarning gaplarini tinglab, amal qilganlarni ko`p bor kuzatganman.

Saodat OChILOVA yozib oldi.

Sharhlar

2022 yildan boshlab "Mirzo Ulug`bek vorislari" respublika tanlovi o`tkaziladi

22.01.2022, 11:21

2022 yildan boshlab har yili «Mirzo Ulug`bek vorislari» respublika tanlovi o`tkaziladi.Tanlovni o`tkazishda:I bosqich fevral-mart oylarida tuman (shahar)larda o`tkaziladi va unda eng yuqori natijaga erishgan har...
Talabalarga temir yo`l chiptalari uchun 50 foizli chegirma beriladi

25.12.2021, 21:07

Talaba va o`quvchilarga qo`shimcha imkoniyat va qulaylik yaratish maqsadida, xususan, talabalarni doimiy yashash joylariga borish va qaytishi uchun ichki temiryo`l va aviaqatnovlarga chiptalarni maxsus 50...
Oliy ta`lim vazirligi talabalarga yana bir xushxabarni e`lon qildi

16.12.2021, 08:37

Avvalroq talabalar kontrakt pulini to`lash muddati uzaytirilgani haqida ma`lum qilgan edik. Unga ko`ra, to`lov-kontrakt mablag`larini to`lash 2021 yilning 31 dekabriga qadar mumkin etib qo`yildi.Shuningdek, Oliy...
Ijarada yashovchi talabalar uchun muhim yangilik e`lon qilindi

27.09.2021, 11:07

Talabalarga ijara to`lovining bir qismini qoplab berish tartibi belgilandi.Hukumat Qarori bilan Davlat oliy ta`lim muassasalarining ijara huquqi asosida yashayotgan talabalariga oylik ijara to`lovining bir qismini...
Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1