1

​«Barkamol avlod» sport o`yinlarining navbatdagi final musobaqasi Qashqadaryoda bo`ladi

Jamiyat 29.05.2017, 09:30
Teglar: Sport
​«Barkamol avlod» sport o`yinlarining navbatdagi final musobaqasi Qashqadaryoda bo`ladi

25-27 may kunlari Jizzax shahridagi «So`g`diyona» universal sport majmuasi stadioni uzra akademik lisey va kasb-hunar kolleji o`quvchilarining «Barkamol avlod – 2017» sport o`yinlari mash`alasi porlab turdi.

“Barkamol avlod – 2017” sport o`yinlari yuzdan ortiq ommaviy axborot vositalari xodimlari tomonidan muntazam yoritib borildi. Internet tarmog`ida ochilgan www.barkamol-avlod.uz saytida qizg`in bellashuvlar haqida ma`lumotlar, fotolavhalar, o`zbek, rus, ingliz tillarida berib borildi. Musobaqa kunlari xorijiy mamlakatlarda yashovchi minglab kishilar shu tarmoqqa murojaat qildi.

27 may kuni “So`g`diyona" universal sport majmuasi stadionida «Barkamol avlod – 2017» sport musobaqalarining tantanali yopilish marosimi bo`lib o`tdi.

Musobaqada eng ko`p medal jamg`arib, birinchi o`rinni egallagan Toshkent shahri jamoasi bosh mukofot – O`zbekiston Respublikasi Prezidentining «Barkamol avlod – 2017» sport o`yinlari qatnashchilariga tabrigining asl nusxasi va Prezident sovg`asi – “Damas” avtomobili bilan taqdirlandi.

Umumjamoa hisobida ikkinchi o`rinni egallagan Andijon viloyati va uchinchi pog`onadan joy olgan Samarqand viloyati jamoalariga Prezident sovg`asi – "Damas" avtomobillari topshirildi.

Murosasiz kurashlarda alohida mahorat ko`rsatgan, tengqurlari orasida yuqori natijalarga erishgan bir guruh o`quvchi-sportchilar maxsus sovrinlarga sazovor bo`ldi.

Sportning 17 turi – basketbol, voleybol, futbol, qo`l to`pi, shaxmat, og`ir atletika, boks, dzyudo, taekvondo, erkin kurash, yunon-rum kurashi, suzish, engil atletika, tennis, stol tennisi, badminton va badiiy gimnastika bo`yicha bellashuvlarda lisey va kollejning 898 o`quvchisi ishtirok etdi. Sportchilar 193 oltin, 193 kumush va 214 bronza medali uchun bahs olib bordi

Musobaqalarning yopilish marosimida «Barkamol avlod – 2017» sport o`yinlarining bayrog`ini jizzaxlik sportchilar akademik lisey va kasb-hunar kolleji o`quvchilarining navbatdagi final musobaqasiga mezbonlik qiladigan Qashqadaryo viloyati vakillariga topshirdi.

«Barkamol avlod» sport o`yinlarining navbatdagi final musobaqasi Qashqadaryoda bo`ladi

Sharhlar

O`zbekiston davlat sport akademiyasi tashkil qilinadi

23.05.2024, 18:44

Prezident boshchiligida o`tkazilayotgan yig`ilishda 2025 yilda poytaxtda yangi ishga tushiriladigan Olimpiya shaharchasida O`zbekiston davlat sport akademiyasi tashkil qilinishi ko`zda tutilganligi ma`lum qilindi. Ushbu muassasa huzuriga Jismoniy...
Mashhur sport sharhlovchisi Vladimir Safarov vafot etdi

14.07.2021, 17:37

O`zbek futbolining jonkuyar tarixchisi, mashhur sport jurnalisti Vladimir Ashotovich Safarov bugun, 14 iyul kuni 82 yoshida vafot etdi. Vladimir Safarov 1939 yilning 17 yanvarida Toshkent shahrida...
Nigina O`ktamovaga "Nexia 3" avtomobili sovg`a qilindi. U boks bo`yicha jahon chempionligiga erishgan ilk o`zbek qizi

26.04.2021, 17:54

Avvalroq, Polsha mezbonlik qilgan yoshlar o`rtasidagi jahon chempionatida -54 kg vaznli bokschi qizimiz Nigina O`ktamova barcha raqibalarini mag`lubiyatga uchratgan holda, oltin medalga sazovor bo`lib va...
Germaniyaning nufuzli sport saytida o`zbek tadqiqotchisi haqida maqola chop etildi

27.02.2021, 22:07

Germaniyaning nufuzli sport sayti O`zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universitetining engil atletika ixtisosligi o`qituvchisi va murabbiyi, mustaqil tadqiqotchi Rashid Burnashev haqida maqola chop etdi....
Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1