1

​Shavkat Mirziyoev GFR Prezidentiga hamdardlik maktubini yo`lladi

Jamiyat 19.06.2017, 09:32
Teglar: O`zbekiston, Shavkat Mirziyoev, Germaniya, Hamdardlik
​Shavkat Mirziyoev GFR Prezidentiga hamdardlik maktubini yo`lladi

O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoev Germaniya Federativ Respublikasi Federal Prezidenti Frank-Valter Shtaynmayerga hamdardlik maktubini yo`lladi. Hamdardlik matni O`zAda keltirilgan.

Germaniya Federativ Respublikasi

Federal Prezidenti

Frank-Valter Shtaynmayer

Janobi Oliylariga

Janobi Oliylari!

Germaniya Federativ Respublikasining sobiq Federal kansleri Gelmut Kol vafoti to`g`risidagi xabar meni chuqur qayg`uga soldi.

Janob Kol jahon miqyosidagi yirik siyosiy lider va GFRning mashhur davlat arbobi sifatida xotiramizda mangu qoladi. Jahon tarixidagi eng muhim siyosiy voqealar, jumladan, Germaniyaning birlashuvi va Evropa Ittifoqining tashkil topishi bevosita uning nomi bilan bog`liq.

Gelmut Kol, shuningdek, O`zbekiston bilan Germaniya o`rtasida uzoq muddatli sheriklik va do`stlik aloqalari o`rnatilishi va rivojlanishiga beqiyos hissa qo`shgan.

Ta`ziyamni qabul qilishingizni va janob Kolning oila a`zolari va yaqinlariga, butun Germaniya xalqiga chuqur hamdardligimni etkazishingizni so`rayman.

Sharhlar

O`zbekistonda yil oxirigacha 250-300 ming kishi mehnat migrasiyasidan qaytishi prognoz qilinyapti

10.05.2024, 15:14

Yig`ilishda kun tartibidagi ikkinchi masala – barcha joylarda “Sayxunobod” tajribasini jadallashtirish muhokama qilindi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar berdi.Bu borada boshlangan ishlar natijasida aprel...
O`zbekistonda oxirgi 3 oy ichida qancha avtobus ishlab chiqarilgani ochiqlandi

06.05.2024, 13:48

O`zbekistonda oxirgi 3 oy ichida qancha avtobus ishlab chiqarilgani ochiqlandi. Bu haqda Statistika agentligi xabar berdi. O`zbekistonda oxirgi 3 oy ichida qancha avtobus ishlab chiqarilgani ochiqlandi. Mart...
O`zbekiston TIV Xitoy va Braziliyaga hamdardlik bildirdi

03.05.2024, 18:04

Xitoy va Braziliyada kuchli yog`ingarchiliklar yuz bergani oqibatida ko`plab insonlar vafot etgani edi. Tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov Xitoy va Braziliya davlatlariga hamdardlik bildirdi.Ma`lum bo`lishicha, Braziliya...
Helmut: "Germaniyada 2030 yilgacha uysizlar qolmaydi"

25.04.2024, 19:47

Germaniya hukumati 2030 yilgacha mamlakatda uysizlar sonini nollashtirmoqchi. Bu haqda "Deutsche Welle" xabar berdi.Federal Vazirlar mahkamasi muammoni hal qilish rejasini qabul qildi va zarur chora-tadbirlarning bir...
Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1