1

​YuNISEF: O`zbekistonda 46 foiz 3-4 yoshdagi bolalar otasi bilan o`ynash imkoniyatidan mahrum

Jamiyat 19.06.2017, 17:10
Teglar: Ota-ona, Oila, ​YuNISEF
​YuNISEF: O`zbekistonda 46 foiz 3-4 yoshdagi bolalar otasi bilan o`ynash imkoniyatidan mahrum

Dunyoning 74 mamlakatida uchdan to`rt yoshgacha bo`lgan bolalar, bu esa 40 million bola degani, otalar e`tiboridan mahrum. Otalar, bolasi bilan kam o`ynaydi, ba`zilar esa umuman bolasiga e`tibor qilmaydi. Vaholanki, ota bolaning kognitiv rivojlanishida muhim rol o`ynaydi.

Bu haqda BMTning Bolalar jamg`armasi ( YuNISEF)ning yangi hisobotida ma`lum qilindi. Uning mualliflari tadqiqot o`tkazishdi hamda Belarusda 32 foiz kichik yoshdagi bolalar, Ukrainada - 29 foiz, Gruziyada – 40 foiz, Qozog`istonda - 49 foiz bola ota e`tiboridan mahrumligini aniqlashdi. O`zbekistonda uchdan to`rt yoshgacha bo`lgan 46 foiz bolalar o`z otalari bilan o`ynash imkoniyatidan mahrum.

Aynan shu davrda bolalarning miyasi juda yuqori suratlarda rivojlanib, har soniyada mingga yaqin yangi ma`lumotlarni o`zlashtiradi va aynan shu davrda bola har tomonlama e`tibor va ko`makka muhtoj bo`ladi. Ushbu davr bolaning kelgusi hayotida fikrlash apparati imkoniyatlarini ta`minlab beradi.

“Raqamlar otalar bolaning eng kichik chog`laridagi rivojlanishida faol emasliklarini ko`rsatdi”, - deydi YuNISEF vakili Lourens Chendi.

U otalarni barcha chegaralarni olib tashlab, bolalarga ko`proq e`tibor, mehr berishga hamda ular bilan birga o`ynab, o`qib, chizib, kerak bo`lsa ashula aytishga chaqiradi. Lourens Chendi bolaning erta rivojlanishida otaning roli katta ekanligini qayd etdi.

Bir qator mamlakatlarda iyunning uchinchi yakshanbasi Otalar kuni sifatida nishonlanadi. Bu yil YuNISEF ushbu sanani “SUPER OTALAR” shiori ostida o`tkazdi.

Sharhlar

YuNISEF: O`zbekistonda internatda yashovchi bolalarning ulushi dunyodagi o`rtacha ko`rsatkichdan ikki baravar ko`p

05.10.2021, 13:21

O`zbekistonda yuzlab bolalar tarbiyalanayotgan yirik internat muassasalari oxirgi chora emas, balki muqobil etakchi variant bo`lib qolmoqda. Bu haqda YuNISEFning soha muhokamasiga bag`ishlangan yig`ilishidan "Daryo" nashri...
O`zbekistonning qaysi hududida oilalar soni ko`p?

26.09.2021, 17:45

O`zbekistonning qaysi hududida oilalar soni ko`p? Davlat statistika qo`mitasi ma`lumot berdi. Unga ko`ra, 2021 yilning 1 yanvar holatiga O`zbekiston Respublikasida jami 8 871 412 ta oila...
YUNISEF Oʻzbekistonda maktabgacha taʼlim tizimidagi asosiy muammolarni nimalarda koʻrishi maʼlum boʻldi

21.06.2021, 14:52

Bu savolga AOKAda o`tkazilgan matbuot anjumanida YuNISEFning erta rivojlanish va ta`lim bo`yicha maslahatchisi Vazira Nazarova javob berdi. Bu haqda "Darakchi" muxbiri xabar berdi.«Biz vazirlik tashkil...
O`zbekistonda 2030 yilga qadar oila instituti yanada mustahkamlanadi

27.05.2021, 16:56

AOKAda “Mahalla va oila” ilmiy-tadqiqot instituti rahbarlari ishtirokida matbuot anjumani bo`lib o`tdi.Anjumanda  “O`zbekiston Respublikasida oila institutini 2030 yilgacha yanada mustahkamlash konsepsiyasi” mazmun-mohiyati va ahamiyati haqida...
Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1