1

“CEVGANIMNING ShIRINGINA O`G`LI BOR…”

SUG'DIYONA 08.12.2017, 15:26
Teglar: Oila
“CEVGANIMNING ShIRINGINA O`G`LI BOR…”

Shohsanam, 22 yosh, Andijon viloyati:

— Tumanimizning markazida joylashgan tikuv sexida ishlardim. Sexdagi uskunalarni tuzatib yuruvchi mexanik yigit meni yoqtirib qolganini aytishganidan keyingina unga men ham e`tibor bera boshladim. Anvar aka juda mehribon, g`amxo`rligi bilan o`ziga rom etdi. Kundan kunga unga ipsiz bog`lanib borayotganimni o`zim ham sezmay qolibman. Shu taxlid oradan bir yil o`tdi. Endi biz bir-birimizni bir kun ko`rmasak turolmaydigan darajaga etgandik. Anvar aka menga sovchi jo`natishga va`da bergandi. Afsuski, u va`dasining ustidan chiqolmadi. Otasi majburlab yaqin do`stining qiziga o`ylantirdi. Anvar aka menga “otamning ra`yiga qarshi chiqolmayman, ikki-uch oy birga yashay, keyin u qizni qo`yib yuboraman, sabr qil, kut” deb yalinib-yolvordi. Bu gaplariga ham ishondim. Ikki oydan keyin «Endi nima qilasiz?» desam, xotinim homilador bo`lib qoldi, bu ahvolida hozir tashlab ketolmayman, dedi. Shu gapidan so`ng jahl bilan Toshkentga ketishga qaror qildim. O`shanda yoz fasli edi, o`qishni istayman deb ota-onamni amallab ko`ndirdim. Ne baxtki, o`sha yili talaba bo`ldim. Hayotimni yangidan boshlashga ahd qildim. Lekin bu qo`limdan kelmadi. Anvar aka Toshkentga meni izlab kelib, kechirim so`raganida ko`nglim bo`shab ketdi. Bir yildan beri telefon orqali gaplashib yuribmiz. Uning shiringina o`g`li bor, oilasidan ajrashishni istamayapti, menga ikkinchi xotin bo`lib turmushga chiq, deyapti. Bu haqda ota-onamga aytishga qo`rqyapman. Nima qilishga hayronman...

Maslahat:

— Sizni sevaman deb, bong urib yurgan yigit orsiz, g`urursiz, va`dasining ustidan chiqmaydigan inson ekan. Hayotni o`yinchoq deb biladigan mas`uliyatsiz erkak u! Oilani muqaddas deb bilmagan, farzandining kelajagini o`ylamagan bu inson ertaga sizga yoki sizning ham farzandlaringizga shunday munosabatda bo`lmaydi, deb hech kim kafolat bermaydi. Sizni bir marta emas, uch marta aldagan bu yigitga hali ham ishonishingiz meni lol qoldirdi. Qizim, sizga maslahatim, bunday sevgidan voz keching. Boshqalar baxtining zavoli evaziga baxt topib bo`lmaydi. Shuni doim yodingizda saqlang. Hayotimni o`zgartiraman deb ahd qildingizmi, shu yo`lingizdan qaytmang. Talaba bo`lganingiz sizning katta yutug`ingiz, bilim olib kelajakda jamiyatga kerakli inson bo`lishning o`zi sharaf. Siz hali eng baxtli qizlardan bo`lasiz.

Manba: «SUG‘DIYONA» gazetasi.

Sharhlar

O`zbekistonning qaysi hududida oilalar soni ko`p?

26.09.2021, 17:45

O`zbekistonning qaysi hududida oilalar soni ko`p? Davlat statistika qo`mitasi ma`lumot berdi. Unga ko`ra, 2021 yilning 1 yanvar holatiga O`zbekiston Respublikasida jami 8 871 412 ta oila...
O`zbekistonda 2030 yilga qadar oila instituti yanada mustahkamlanadi

27.05.2021, 16:56

AOKAda “Mahalla va oila” ilmiy-tadqiqot instituti rahbarlari ishtirokida matbuot anjumani bo`lib o`tdi.Anjumanda  “O`zbekiston Respublikasida oila institutini 2030 yilgacha yanada mustahkamlash konsepsiyasi” mazmun-mohiyati va ahamiyati haqida...
O`zbekistonda qancha oila faqat sha`riy nikoh asosida yashagani aniqlandi

14.11.2019, 18:36

 O`zbekistonda FHDYo organlari hokimliklar tasarrufiga o`tkazilgach, faqatgina sha`riy nikoh bilan yashab kelgan 20 ming 350tadan ortiq oila aniqlanib, ularning nikohi qonuniylashtirildi.Bu haqda 13 noyabr kuni oila...
«IChKILIK BO`LMASA EDI...»

23.12.2017, 17:11

Sayyora, 30 yosh, Jizzax viloyati: — Turmushga chiqqanimga o`n yil bo`libdi. Ikki farzandim bor. Qaynona-qaynotam bilan birga yashaymiz. Shu yillar ichida tinch, osoyishta, xotirjam yashaganimni...
Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1