1

Xorazmda xalq nega hudud profilaktika inspektorini topa olmayapti?

Jamiyat 10.02.2020, 08:51
Teglar: Xorazm, inspektor, Shovot
Xorazmda xalq nega hudud profilaktika inspektorini topa olmayapti?

2020 yil 4 fevral kuni ijtimoiy tarmoqlarda “Hudud profilaktika inspektori bir oydan buyon ishga chiqmaydi” nomli maqola e`lon qilingan. Unda “Xorazm viloyat Shovot tumanidan Ostona mahallasidan yozmoqdamiz. Hudud profilaktika inspektorini topa olmayapmiz, bir oydan buyon ishga kelmaydi.  Unga berilgan xizmat uyi ham qurilgandan buyon qarovsiz yotibdi.  Ushbu holatni IIV o`z nazoratiga olib, munosib inspektor tayinlasin” deb ko`rsatilgan.

Mazkur maqola Xorazm viloyati IIB mas`ul xodimlari tomonidan o`rganilganida quyidagilar aniqlandi.

Maqolada tilga olingan Xorazm viloyati Shovot tumanidagi “Ostona” mahallasiga xizmat ko`rsatish uchun Shovot tumani IIB profilaktika inspektori leytenant A.Ro`zmetov biriktirilgan bo`lib, u joriy yilning 13 yanvar kunidan 20 yanvar kuniga qadar kasalligi sababli, 21 yanvar kunidan 23 fevral kuniga qadar navbatdagi mehnat ta`tiliga chiqqanligi sababli o`z xizmat hududida emas.

Shuningdek ushbu profilaktika inspektorining o`ziga berilgan xizmat uyida doimiy yashashi navbatdagi mehnat ta`tili tugaganidan keyin to`liq ta`minlanishini bildiramiz.

Profilaktika inspektorlarining xizmat faoliyatini belgilab beruvchi normativ-huquqiy hujjatlarga asosan profilaktika inspektori leytenant A.Ro`zmetov xizmat vazifalarini bajarishga kirishgunga qadar, Shovot tumani “Ostona” mahallasiga xizmat ko`rsatish shu mahallaga qo`shni bo`lgan “Yangi turmush va Oltin qal`a” mahallalariga xizmat ko`rsatuvchi profilaktika inspektori leytenant A.Raximov zimmasiga yuklatilgan, deyiladi Xorazm viloyati IIB Axborot xizmati xabarida. 

Sharhlar

Amudaryo ustidan o`tuvchi qo`shma ko`prikda transport harakati to`xtatiladi

07.05.2024, 14:02

Amudaryo ustidan o`tuvchi qo`shma ko`prikda 7-9 may kunlari avtotransport vositalari harakati vaqtincha to`xtatiladi. Bu haqda «O`zbekiston temir yo`llari» aksiyadorlik jamiyati xabar berdi.Ma`lum qilinishicha, Qoraqalpog`istonning Amudaryo tumanida...
Xorazmda bog`cha opa bolalarni kaltaklab, barmog`iga igna sanchdi(video)

06.05.2024, 17:56

Ijtimoiy tarmoqlarda Xorazm viloyati Gurlan tumanidagi maktabgacha ta`lim muassasasida tarbiyachining bolalarni kaltaklayotgani aks etgan videolavha tarqalgandi. Holat yuzasidan viloyat Maktabgacha va maktab ta`limi boshqarmasi holat yuzasidan munosabat...
Xorazmda yurist pora bilan qo`lga tushdi

02.05.2024, 14:12

O`tkazilgan tezkor tadbirda Xorazm viloyati Shovot tuman hokimligining yuriskonsultiM.S. “Yu.Q.” fermer xo`jaligiga qarashli 70 gektar er maydonini 3 000 AQSh dollari evaziga fuqaro S.Yu.ning nomiga  o`tkazib berishni va`da qilib, oldindan 500 AQSh...
Xorazmda 38 yoshli ayol uyiga kelgan mehmon ayolni o`ldirib qo`ygan

22.04.2024, 18:36

Xorazmda bir ayol uyiga mehmon bo`lib kelgan ayolni o`ldirib, hovliga ko`mib yuborgan. Bu haqda Xorazm viloyati prokraturasi xabar berdi.Joriy yilning 17 aprel kuni sodir bo`lgan....
Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1