Joriy yilning 1 sentyabr holatiga ko`ra, mamlakatimizga qiymati 23,3 million AQSh dollariga teng bo`lgan 360,4 ming dona mobil telefonlari import qilingan. Bu haqda Statistika.uz rasmiy kanali xabar berdi.
O`tgan yilning mos davriga nisbatan bu yil mobil telefon importiga 19,6 million AQSh dollari ko`p sarflangan.
Davlat statistika qo`mitasi ma`lumotlariga ko`ra, O`zbekiston 18 ta davlatdan mobil telefonlar import qilgan. Import hajmi yuqori bo`lgan davlatlar orasida Xitoy (14,9), Vetnam (3,7), Hindiston (2,8) va 1,1 million AQSh dollari bilan Birlashgan Arab Amirliklarini ko`rish mumkin.
Ma`lumot o`rnida, mamlakatimizda 2019 yilda 235 ming dona qiymati 31,7 mlrd. so`mlik uyali va boshqa simsiz aloqa tarmog`i uchun telefonlar ishlab chiqarilgan.