Joriy yilning 1 sentyabr holatiga O`zbekistonda xorijdan import qilingan avtomobil benzini hajmi 90,1 mln. litrni tashkil etib, o`tgan yilning mos davri bilan solishtirilganda 87 mln. litrga oshgan.
Davlat statistika qo`mitasi axborot xizmati ma`lumotlariga ko`ra, o`tgan sakkiz oy mobaynida import qilingan benzinning eng ko`p hajmi Qozog`iston (47,7 mln. l.), Rossiya (36,5 mln. l.), Turkmaniston (5,6 mln. l.) va 232,1 ming litr bilan Qirg`iz Respublikasi hissasiga to`g`ri kelgan.
Ma`lumot o`rnida, 2020 yilning 1 sentyabr holatiga ko`ra, O`zbekistonda 694,2 ming tonna benzin ishlab chiqarilgan.