AsosiyIQTISODIYOT

Yashirin iqtisodiyotni qisqartirishga oid farmon imzolandi

Shavkat Mirziyoev “Yashirin iqtisodiyotni qisqartirish va soliq organlari faoliyati samara...

'Yashirin iqtisodiyotni qisqartirishga oid farmon imzolandi'ning rasmi

Shavkat Mirziyoev “Yashirin iqtisodiyotni qisqartirish va soliq organlari faoliyati samaradorligini oshirish bo`yicha tashkiliy chora-tadbirlar to`g`risida”gi Farmonni imzoladi.

Unga ko`ra:

 umumiy ovqatlanish sohasidagi kichik tadbirkorlik sub`ektlarining bank kartalari va kontaktsiz to`lovlardan foydalangan holda jismoniy shaxslardan olingan daromadlari umum belgilangan soliqlarni to`lashga majburiy tartibda o`tish maqsadida umumiy daromadga kiritilmaydi;

 Toshkent shahrida o`tkazilayotgan onlayn kassa mashinalarining cheklarida aks ettirilgan QR kodi asosida sovrinli o`yinlarni o`tkazish eksperimenti 2020 yilda barcha hududlarda amalga oshiriladi.

Bugungi kunga qadar Toshkent shahrida 9 oyda 3,3 trillion so`mlik 16,3 millionta chek, viloyatlarda esa 6,3 trillion so`mlik 22,7 millionta chek chiqarilgan. Sovrinli o`yinlarning viloyatlarda joriy etilishi onlayn kassa mashinalariga o`tish jarayonini tezlashtiradi. Sovrinli o`yinlarga 1 milliard so`m ajratilgan bo`lib, 2020 yil 1 oktyabr holatiga 524 million so`mlik sovrinlar o`ynaldi;

 qurilish korxonalariga ishchilarni ularga ish haqini naqd pulda to`lash (mehnatga haq to`lash fondining 10 foizidan oshmagan holda) huquqi bilan hamda ularni ijtimoiy himoya qilish kafolatlarini saqlab qolgan holda shartnoma tuzmasdan yollashga muddatli ravishda ruxsat beriladi;

 tadbirkorlar huquqlarini himoya qilishga vakolatli organni xabardor qilgan holda o`tkaziladigan sayyor soliq tekshiruvlari natijalarini ommaviy axborot vositalarida e`lon qilish tartibi joriy qilinadi;

 soliq organlarining ma`lumotlarini qayta ishlash markazini zamonaviy server uskunalari va tegishli dasturiy ta`minot bilan ta`minlashni tezlashtirish va birlamchi qo`shimcha jihozlash maqsadida 100 milliard so`m mablag` ajratiladi;

 byudjet tashkilotlari tomonidan go`sht va go`sht mahsulotlari, tayyor to`qimachilik mahsulotlari, tashkiliy texnika va avtotransport vositalari uchun butlovchi qismlarni hech istisnosiz qo`shilgan qiymat solig`i bilan xarid qilish majburiyligi tartibi joriy etiladi.

 
  

Boshqa yangiliklar