2021 yil 14 yanvar kuni Butunjahon sog`liqni saqlash tashkiloti (JSST) mutaxassislari COVID-19 infeksiyasi ilk bor aniqlangan Xitoyning Uxan provinsiyasiga kelib tushgani haqida xabar bergan edik.
Bugun, 28 yanvar kuni Butunjahon sog`liqni saqlash tashkiloti (JSST) guruhi karantindan chiqdi va Xitoyning Uxan shahrida koronavirus kelib chiqishi to`g`risida tergovni boshladi.
Olimlar dastlab epidemiya bilan bog`liq bo`lgan tadqiqot institutlari, kasalxonalar va dengiz mahsulotlari bozoridagi odamlardan intervyu olishni boshlaydilar. Ularning tadqiqotlari Xitoy rasmiylari tomonidan taqdim etilgan dalillarga asoslanadi. Bu JSST va Pekin o`rtasida bir necha oy davom etgan muzokaralar natijasidagi kelishuv.
Izolyasiya paytida jamoa bir-biri va xitoylik olimlar bilan videoqo`ng`iroqlar orqali suhbatlashib turdi.