1

SSV: ​​O`zbekistonda koronavirusning “britancha shtamm”i qayd etildi

Jamiyat 30.01.2021, 18:41
Teglar: koronavirus
SSV:  ​​O`zbekistonda koronavirusning “britancha shtamm”i qayd etildi

“COVID-19”ning “britancha shtamm”i yurtimizda ham ilk bor qayd etildi. Bu haqda SSV Matbuot xizmatiga Sog`liqni saqlash vaziri o`rinbosari – Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmati boshlig`i Bahodir Yusupaliev xabar berdi.

2010 yilda tug`ilgan poytaxtlik fuqaro Sh. oila a`zolari bilan birgalikda Birlashgan Arab Amirliklarining Dubay shahriga safar qilib, 2021 yilning 23 yanvar kuni Toshkentga qaytgan.

O`rnatilgan tartibga ko`ra,  xalqaro aeroportda fuqarodan ekspress usulida test olinganda, unda musbat natija qayd qilingan. Shundan so`ng, bemor zudlik bilan yuqumli kasalliklar  shifoxonasiga tez yordam mashinasida olib kelingan. Shifoxonada o`sha kunning o`zida funksional-klinik tekshiruvlardan o`tkazildi va unga “COVID-19”ning simptomsiz kechishi tashxisi qo`yildi.

—  SARS-CoV-2 virusi genomini o`rganish uchun Innovasion rivojlantirish vazirligi huzuridagi Ilg`or texnologiyalar markaziga yuqumli kasalliklar  shifoxonasidan PZR usulida olingan 33 ta musbat natijali tomoq-burun namunasi “britancha shtamm”ni aniqlash maqsadida  yuborilgandi, — deydi Bahodir Yusupaliev. — Ushbu namunalar PZR skriningi orqali birinchi bosqich tekshiruvidan o`tkazilgan. Natijada, ular orasida   mutasiyaga uchragan namunalar ham aniqlangan. Kuni kecha ikkinchi test bosqichida mutasiya aniqlangan namunalardan birining genom qismlarida “britancha  shtamm”ga xos bo`lgan qo`shimcha mutasiya mavjudligi tasdiqlangan. Bu namuna esa 10 yoshli  bemor Sh. (qiz bola)ga tegishli ekani ma`lum bo`lgan.

Hozirda bemorning umumiy holati qoniqarli, shikoyatlari yo`q,   tegishli tibbiy standartlar bo`yicha davo muolajalarini olmoqda. Bemor bilan birga bo`lgan oila a`zolarida manfiy natija aniqlangani sababli uy sharoitida izolyasiyaga ruxsat berilgan.

Sog`liqni saqlash vazirligi ana shu vaziyatdan kelib chiqib, yana bir bor aholini hushyorlikka,  jamoat hamda ish joylarida tibbiy niqobni to`g`ri va doimiy tarzda taqib yurishga, ijtimoiy masofani saqlash, qo`llarni muntazam yuvib turish kabi kundalik odatlarni kanda qilmaslikka chaqirib qoladi.

Yurtdoshlarimizdan zarurat bo`lmaganda chet el safarlariga vaqtincha chiqmay turishlarini so`raymiz.

Aziz  yurtdoshlar! O`zingiz va yaqinlaringizni asrang! Salomatligingiz o`z qo`lingizda.

Sharhlar

Koronavirusga qarshi vaksinalarning buster dozasi insult xavfini keltirib chiqarmaydi — JSST 

23.01.2023, 11:20

Jahon sog`liqni saqlash tashkilotining immunizasiya va vaksinasiya masalalari bo`yicha direktori Keyt O’Brayen koronavirusga qarshi emlash vositalari samaradorligi va xavfsizligi haqida bayonot berdi. Bu haqda SSV...
⚡️Xitoyda bir kunda 37 millionga yaqin odam COVID-19 bilan kasallandi

23.12.2022, 20:25

20 dekabr kuni bir kunda Xitoyda 37 million kishi koronavirus bilan kasallandi. Bu haqda Bloomberg agentligi Xitoy sog`liqni saqlash milliy komissiyasining yopiq yig`ilishiga tayanib xabar...
Shifokorlar yangi to`lqindagi koronavirusning avvalgilari bilan farqlari haqida ma`lum qildi

06.09.2022, 09:07

Yangi to`lqindagi koronavirus belgilari SARSga o`xshaydi va pnevmoniya va bronxit kamroq tarqalgan, deydi shifokorlar. Bu haqda "stopkoronavirus.rf" saytida xabar qilindi. Yangi to`lqinda COVID-19 ning oldini olish...
19 iyul kuni O`zbekistonda yana 70 kishida koronavirus aniqlandi — SSV

20.07.2022, 10:34

Kecha, 19 iyul kuni O`zbekistonda yana 70 nafardan ziyod kishida koronavirus aniqlandi, deya xabar bermoqda SSV matbuot xizmati. Shu bilan, 2022 yil 19 iyul holatiga ko`ra,...
Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1