AsosiyJinoyat
2665

Namanganda soxta jinoyat-qidiruv bo`limi boshlig`i qo`lga olindi

'Namanganda soxta jinoyat-qidiruv bo`limi boshlig`i qo`lga olindi'ning rasmi

Farg`ona shahrida tug`ilgan Sardor G`aniev (ism-shariflari o`zgartirilgan) Namangan shahrida joylashgan “Traktir” kafesi rahbari X.Nadirovga qo`ng`iroq qilib o`zini “viloyat ichki ishlar boshqarmasi jinoyat-qidiruv bo`limi boshlig`i Bahromman” deb tanishtirgan.  Bu haqda "hudud24" xabar bermoqda.

Soxta amaldor kafe egasidan “kecha kafengizdan ovqat olib ketgan tanishim zaharlanib, og`ir ahvolga tushib qoldi, unga 425 ming so`mlik dori-darmon olib berdim, shuning uchun plastik kartamga o`sha pulni tashlab bering” deb pul undurmoqchi bo`lgan.

O`zimga tegishli bo`lgan telefon apparatidan dastlab “YouTube” internet tarmog`iga kirib, pul topishning oson yo`lini qidirdim. “Google” internet tarmog`idan Namangan shahridagi “Traktir” kafesi haqida ma`lumotlarni olib, kafe rahbariga qo`ng`iroq qilib, o`zimni Namangan viloyat ichki ishlar boshqarmasi jinoyat-qidiruv bo`limi boshlig`i deb tanishtirib, bir kun avval mazkur kafening ovqatini egan tanishim zaharlanib, sog`lig`i yomonlashganligini, unga 425 ming so`mlik dori-darmon olib berganimni aytib, shu pulni o`zimga tegishli bo`lgan plastik kartamga tushirib berishini so`radim, kafe boshlig`i bunga rozi ekanligini bildirdi”,–deydi "Jinoyat-qidiruv bo`limi boshlig`i"S.G`aniev. 

Ichki ishlar bo`limi xodimlari tomonidan bu jinoyat lavhasi yuzasidan tegishli hujjatlar guvohlar yordamida rasmiylashtirilib, jinoyat ishi sudga oshirildi. Firibgarning sud zalida qilmishidan pushaymonligi, navbatdagi tavba-tazarrusi eshitildi. 

Sardor G`anievga ish haqining yigirma foizini davlat daromadi hisobiga ushlab qolgan holda 2 yil axloq tuzatish ishlari jazosi tayinlandi.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

Boshqa yangiliklar