AsosiyJAMIYAT

Prezident Toshkentdagi sobiq Pushkin xiyoboni oldida yo`l ochish bo`yicha topshiriq berdi (foto)

Prezident Shavkat Mirziyoev Toshkent shahrida yo`l-transport tizimini yaxshilash va yangi...

'Prezident Toshkentdagi sobiq Pushkin xiyoboni oldida yo`l ochish bo`yicha topshiriq berdi (foto)'ning rasmi

Prezident Shavkat Mirziyoev Toshkent shahrida yo`l-transport tizimini yaxshilash va yangi yo`llar qurishga oid loyihalar taqdimoti bilan tanishdi. Bu haqda Prezident Matbuot xizmati xabar berdi. 

Poytaxtimizda transport vositalari soni ortib bormoqda. Ayrim ko`chalardagi yo`nalishlar, yo`l harakati belgilari qatnovga noqulaylik tug`dirmoqda. Shu sababli yirik ko`chalar va chorrahalarda tirbandliklar yuzaga kelmoqda.

Ushbu muammoni bartaraf etish, haydovchi va yo`lovchilarga qulayliklarni oshirish maqsadida muhandislik echimlari ishlab chiqilgan. Xususan, Mirzo Ulug`bek tumani hududidagi Parkent ko`chasi va Kichik halqa yo`lini Mustaqillik shoh ko`chasi bilan bog`laydigan yangi yo`nalish ochish rejalashtirilgan.

Taqdimotda davlatimiz rahbari Transport vaziriligi, Ichki ishlar vazirligi hamda Toshkent shahar hokimligiga tirbandliklar yuzaga kelayotgan o`ndan ortiq ko`chada qisqa muddatlarda qo`shimcha harakat yo`nalishlarini ochish bo`yicha topshiriq berdi.

Boshqa yangiliklar