Surxondaryo viloyatining Denov tumanida opa-ukalar kelini va uning onasini o`ldirish uchun killer yollashdi. Bu haqda "xabar.uz" yozmoqda.
Unga ko`ra, opa-ukalar muqaddam sudlangan va jazoni o`tab chiqqan fuqaroni bu ishga jalb etishga harakat qilishgan va «ish» bitgandan so`ng 3 million so`m berishni va`da qilganlar.
Ammo «killer» o`z vaqtida bu haqda IIB xodimlariga ma`lum qilgan. Natijada sahnalashtirilgan «qotillik»dan so`ng, asl aybdorlar ushlandi.
Ayni vaqtda ularga nisbatan qamoqqa olish ehtiyot chorasi qo`llangan.