Iste`molchilik sohasida fuqarolarning murojaatlari bilan ishlashning yangicha tizimini joriy etish, murojaatlarning joyida tizimli ko`rib chiqilishida mutasaddi organlar bilan hamkorlikning yangicha mexanizmlarini joriy qilish, qo`shimcha ish o`rinlari yaratish hamda aholining huquqiy bilimlarini oshirishga ko`maklashish, kutubxonalar faoliyatini tashkil etish maqsadida, “Iste`molchi kutubxonasi” hamda “Iste`molchilar uyi” loyihalari ishlab chiqilib, loyiha doirasida bugungi kunda 30 dan ortiq tuman va shaharlarda “Iste`molchi kutubxonasi” va “Iste`molchilar uyi” ma`muriy komplekslari qurilib foydalanishga topshirildi. Bu haqda O`zbekiston iste`molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federasiyasi Axborot xizmati xabar bermoqda.
Xususan, Navoiy viloyatining olis cho`l hududi – Tomdi tumanida joylashgan «Iste`molchilar uyi» ma`muriy komleksining ochilish marosimi o`tdi.
Unda tuman hokimi Qayrat Aldabergenov, O`zbekiston iste`molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federasiyasi raisi Jahongir Sarimsoqov, Senator Ulug`bek Fayziev yurtimizda aholining iste`molchi sifatida huquqlarini himoya qilish borasida amalga oshirilayotgan ishlar haqida to`xtalib, Prezidentimizning 2018 yil 4 maydagi “Mamlakatni demokratik yangilash jarayonida fuqarolik jamiyati institutlarining rolini tubdan oshirish chora-tadbirlari to`g`risida”gi farmoni muhim ahamiyat kasb etayotganini alohida qayd etdi.
Ma`lumot uchun, ushbu “Iste`molchilar uyi” ma`muriy komleks “Zarafshon Golden Group” kompaniyasi homiyligi asosida qurildi.