Joriy yilning 28 fevral kuni Chilonzor tumani IIO FMBga 30 yoshli Bobur J. murojaat qilib, o`z arizasida uning 10 yoshli o`g`liga nisbatan fahsh harakatlar qilgan taksichiga nisbatan chora ko`rishni so`ragan.
Otaning murojaatidan so`ng mazkur fakt Toshkent shahar IIBB rahbariyatining nazoratiga olingan. Holat bo`yicha Chilonzor tumani IIO FMB tergov bo`limi tomonidan O`zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 129 moddasi 1 qismi bo`yicha jinoiy ish qo`zg`atilgan. Gumonlanuvchining shaxsini va holatni tafsilotlarini aniqlashga qaratilgan tezkor-tergov tadbiri o`tkazilayotgan ma`lum qilindi.
Voqea yuzasidan berilgan qo`shimcha ma`lumotlarga ko`ra, Toshkent shahar IIBB xodimlari tomonidan gumon qilinuvchining shaxsi aniqlangan.
" – U 47 yoshli G`ayrat D. Hozirgi kunda u ushlangan va unga nisbatan O`zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 25, 119-moddasi 4-qismi bilan ayb e`lon qilinib, sud tomonidan qamoq tarzidagi ehtiyot chorasi qo`llangan. Tergov harakatlari davom etmoqda", – deyiladi xabarda.