AsosiyJamiyat

Toshkentda ShHTga a`zo davlatlar Milliy koordinatorlari kengashining yig`ilishi o`tkaziladi

'Toshkentda ShHTga a`zo davlatlar Milliy koordinatorlari kengashining yig`ilishi o`tkaziladi'ning rasmi

2021-yil 10-13-mart kunlari Toshkent shahrida ShHT Mintaqaviy aksilterror tuzilmasi Ijroiya qo`mitasi binosida ShHTga a`zo davlatlar Milliy koordinatorlari kengashining navbatdagi yig`ilishi bo`lib o`tadi. Bu haqda Tashqi ishlar vazirligi xabar berdi.

Ma`lum qilinishicha, uchrashuv davomida Tojikiston Respublikasining ushbu tashkilotdagi amaldagi raisligi davrida ShHTning asosiy tadbirlariga tayyorgarlik jarayoni hamda 2021-yil sentyabr oyida Dushanbe shahrida bo`lib o`tadigan ShHTga a`zo davlatlar rahbarlari kengashi yig`ilishi davomida tasdiqlash uchun taqdim etilishi rejalashtirilgan hujjatlar loyihalarini muhokama qilish rejalashtirilgan.

Shuningdek, O`zbekiston Respublikasi tomonidan 2020-yilgi ShHT sammitida ilgari surilgan tashabbuslarni amalga oshirish va Tashkilotning faoliyatining boshqa masalalari yuzasidan fikr almashiladi.

    Boshqa yangiliklar