Maktablarda bir o`qituvchi ikkita boshlang`ich sinfga rahbarlik qilishi mumkinmi? Ayni kunda yurtimiz umumta`lim maktablarida necha nafar boshlang`ich sinf o`qituvchilari faoliyat yuritishmoqda?
Feruza Musaeva, Surxondaryo viloyati
Fayzulla AHMEDOV, Xalq ta`limi vazirligi bosh boshqarma boshlig`i:
— Amaldagi me`yoriy hujjatlarga muvofiq nafaqat boshlang`ich sinf o`qituvchisi, balki boshqa fan o`qituvchilarining ham ikkita sinfga rahbarlik qilishi mumkin emas.
Xalq ta`limi tizimidagi umumta`lim maktablarida 2015 yil sentyabr holatiga ko`ra jami 110 874 nafar boshlang`ich sinf o`qituvchilari faoliyat ko`rsatadi. 2015-2016 o`quv yilida respublika miqyosida oliy o`quv yurtlarini tamomlagan yosh mutaxassislardan 805 nafar boshlang`ich sinf o`qituvchilari umumta`lim maktablariga ishga qabul qilindi.
Shuningdek, keyingi o`quv yilida 321 nafar boshlang`ich sinf o`qituvchilariga ehtiyoj kutilmoqda.