AsosiyJamiyat

Farg`onada haydovchilik guvohnomasini tanishlari orqali olib bermoqchi bo`lgan shaxs qo`lga olindi

'Farg`onada haydovchilik guvohnomasini tanishlari orqali olib bermoqchi bo`lgan shaxs qo`lga olindi'ning rasmi

Joriy yilning 21 aprel kuni fuqaro Yu.B. IIBga murojaat qilib, unda Qo`qon shahrida joylashgan avtomaktabning K.M. ismli o`qituvchisi “V,S” toifadagi haydovchilik guvohnomasini Farg`ona viloyati IIB YHXBda ishlovchi tanishlari orqali imtihonlardan o`tkazib qo`yishini aytib, 2.200.000 miqdoridagi pullarni talab qilayotganligini ma`lum qilgan. Bu haqda Farg`ona viloyati IIB Axborot xizmati xabar berdi.

Holat yuzasidan IIV O`XB Farg`ona viloyati bo`yicha bo`limi xodimlari tomonidan o`tkazilgan tezkor tadbirda, K.M Qo`qon shahar markazida Yu.B.dan “ V,S ” toifadagi haydovchilik guvohnomasini olib berish evaziga 2.200.000 miqdoridagi pullarni olgan vaqtida xolislar ishtirokida daliliy ashyolar bilan ushlandi.

Mazkur holat yuzasidan Qo`qon shahar IIO FMB huzuridagi tergov bo`limi tomonidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi 1-qismi (firibgarlik) bilan jinoyat ishi qo`zg`atilgan.

Firibgarlik qonunga asosan jinoiy javobgarlikka sabab bo`lishini esdan chiqarmang.

Yuqorida ko`rsatilgan jinoyatni sodir etgan shaxs uch yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanishi mumkin.

Boshqa yangiliklar