144 nafar farg`onaliklar Tashqi mehnat migrasiyasi viloyat filiali ko`magida Rossiyaga ishga jo`nab ketishdi. Bu haqda Farg`ona viloyati hokimligi xabar berdi.
Respublikamizda ilk marotaba Farg`onada viloyat hokimligi hamda Tashqi mehnat migrasiyasi Farg`ona filiali hamkorligida Rossiya davlatining Perm o`lkasida ishlash istagini bildirgan 144 nafar fuqaroga amaliy ko`mak ko`rsatildi.
“RESURS+” qurilish kompaniyasidagi bo`sh ish o`rinlariga tanlov e`lon qilinib, suhbat asosida undan muvaffaqiyatli o`tganlar bilan Rossiya Federasiyasida vaqtinchalik mehnat faoliyatini amalga oshirish bo`yicha shartnomalar tuzildi.
Bugun, 2 iyun sanasida “Farg`ona” xalqaro aeroportidan migrantlar A320 Ural Airlines laynerida soat kunduzgi 13:35 da Perm o`lkasiga jo`nab ketishdi.
– Men Yozyovon tumanida istiqomat qilaman. “Ishga marhamat” monomarkazida o`qib, sertifikat oldim. Toshkent va Samarqand shaharlarida qurilish ishlarida qatnashganman. Endi Rossiyaga ketyapmiz. U erda bizning hujjatlarimiz tayyorlanishida, yotoqxona va oziq-ovqat bilan ta`minlanishimizda qabul qiluvchi qurilish kompaniyasi yordam beradigan bo`ldi, - deydi Baxtiyor Tojiboev.
07.03.2023, 13:30
Farg`onada 20 yoshli o`g`il oilaviy kelishmovchilik sabab o`z onasini pichoqlab o`ldirdi. Bu haqda "zamon" informasion dasturida xabar qilindi. Ma`lum qilinishicha, Farg`ona viloyati Marg`ilon shahar "Do`stlik" mahallasida yashovchi...17.12.2022, 10:55
Telegram kanallardan birida Farg`ona viloyati Buvayda tumani hokimining sobiq 1-o`rinbosari bo`lgan Dexqonov Mirzoxidjon bundan 2 yil avval 20 000 dollar pora bilan qo`lga tushib, ozodlikdan...28.11.2022, 09:55
Internet ijtimoiy tarmoqlarida tarqalgan Oltiariq tumanida 3 nafar qiz pichoqlangani haqida xabarlar tarqldi. Farg`ona viloyati IIB matbuot xizmati holatga oydinlik kiritdi.Ma`lum bo`lishicha joriy yilning 26...17.10.2022, 12:27
Sardoba tumani Kengashining navbatdan tashqari sessiyasida bugunga qadar O`zbekiston Respublikasi suv xo`jaligi vazirining o`rinbosari lavozimida ishlab kelayotgan Mirzaev Akmal Arzievich nomzodi tuman hokimi lavozimiga tavsiya etildi.A.Mirzaev 1971...