Prezident matbuot kotibidan 21 iyundagi brifingda Shavkat Mirziyoev takroran o`z nomzodini prezidentlikka qo`yishi va bu boradagi qarori haqida davlat rahbari qachon e`lon qilishi haqida gapirdi. Bu haqda gazeta.uz xabar berdi.
Sherzod Asadov saylovga tayyorgarlik jarayoni allaqachon boshlanganini aytdi. Shuningdek, O`zbekiston EXHTning Demokratik institutlarining inson huquqlari bo`yicha byurosi missiyasini bir necha bor qabul qilgani, saylovni jahon standartlari, xususan EHHT stardartlari bo`yicha olib borishga tayyorgarlik ko`rilayotganini qayd etdi.
Demak, saylovoldi jarayonini start berilishiga uncha ko`p vaqt ham qolmadi, bu — iyul oxiri va nomzodlar kim, qachon o`z nomzodini ilgari surishini [bilish uchun], biz albatta mana shu muddatgacha kutishimiz kerak. Birinchi navbatda, bu har bitta nomzodni, har bitta fuqaroni o`zini konstitusiyaviy huquqi», — dedi u.
Shuningdek, prezident matbuot kotibi, saylov jarayonini yoritishda OAVlar o`rni muhimligini ta`kidladi. "OAVlariga keladigan bo`lsak, ularni albatta o`rinlari ushbu saylovoldi jarayonini yoritishda juda muhim bo`ladi va biz eng avvalo hamma OAVlarni, O`zbekistonda akkreditasiya o`tgan chet ellik OAVlardan ham bitta narsani ob`ektivlik, holisonalikni kutib qolamiz", — dedi prezident matbuot kotibi.
Shu bilan birga, barcha chet ellik jurnalistlar uchun albatta standartlarga va talablarga muvofiq umume`tirof etilgan akkreditasiya tartiblari ishlab chiqilishini qayd etdi. «Mana shu akkreditasiyadan o`tgan barcha chet ellik OAVlari O`zbekistonda saylov oldi jarayonini bemalol yoritishi mumkin», — deya yakunladi Asadov.
Ma`lumot o`rnida, Saylov kodeksiga binoan siyosiy partiya saylov kampaniyasi e`lon qilinadigan kungacha to`rt oydan kechiktirmagan muddatda o`z nomzodini ko`rsatishi mumkin (bunda partiya Adliya vazirligida ro`yxatdan o`tgan bo`lishi kerak). Saylov kampaniyasining o`zi Markaziy saylov komissiyasi tomonidan prezident vakolatlari tugashidan kamida uch oy oldin OAVda e`lon qilinadi.