AsosiyJamiyat
2944

Namanganda koronavirusni davolash va taqsimlash markazi qayta ochildi

'Namanganda koronavirusni davolash va taqsimlash markazi qayta ochildi'ning rasmi

Namangan viloyatida bugungi kundagi mavjud epidemiologik vaziyatdan kelib chiqqan holda koronavirus infeksiyasiga chalingan bemorlarni markazlashgan holda davolash, ularga tezkor va sifatli tibbiy xizmat ko`rsatish maqsadida o`tgan yili viloyat markazidagi “Barkamol avlod” sport majmuasida tashkil etilgan davolash va taqsimlash markazi faoliyati qayta tiklandi. Bu haqda O`zbekiston Milliy axborot agentligi xabar bermoqda. 

Ushbu markazda hozirgi kunda bir vaqtning o`zida 400 bemorni davolashga mo`ljallangan “koyka”lar tashkil etilgan. Shuningdek, og`ir reanimasion holdagi bemorlarni davolash uchun ham sharoitlar yaratilgan.

"Markazda har qanday holatda ham elektr energiyasi, ichimlik suvi va kislorod uzilmasligi kerak. Barcha elektr generatorlari doimo shay turishi, kislorod zaxiralari avvaldan etkazib berilishi shart", – dedi viloyat rahbari.

Qayd etish joizki, hozirgacha “Covid-19” infeksiyasi aniqlangan bemorlar Namangan shahrida joylashgan viloyat yuqumli kasalliklar shifoxonasida davolanayotgan edi. Ammo bugungi kunda viloyatda kasallikka chalinish holatlari ortib borayotganligi sababli markazni qayta ochishga to`g`ri keldi. Aytish mumkinki, faoliyati qayta tiklangan markazda turli hududlardan keltirilayotgan bemorlarni davolash uchun barcha zarur tibbiy jihozlar mavjud. Dori vositalari zaxirasi yaratilgan. Hozirda 100 nafarga yaqin malakali tibbiyot xodimi markazda faoliyat olib bormoqda.

Ma`lumot o`rnida, Namangan viloyatida deyarli har kuni o`nlab kishilarda “Covid-19” infeksiyasi aniqlanmoqda. Birgina, 2021 yilning 8 iyul kunida 23 kishi koronavirusga yo`liqqan.

Ayni vaziyatda esa viloyatdagi sog`liqni saqlash muassasalarida aholini “Covid-19” infeksiyasiga qarshi vaksinasiyalash tadbirlariga alohida e`tibor qaratilmoqda. Jumladan, 8 iyul kuni shahar va tumanlarda 19 ming 260 dozada emlash ishlari amalga oshirildi.

E`tiborlisi shundaki, Namangan viloyati jami emlash bo`yicha Respublikada eng yuqori ko`rsatkichga ega bo`lib turibdi. Joriy yilning aprel oyidan boshlangan emlash tadbirlarida aholiga hozirga qadar 574 ming 236 dona doza qo`llanilgan.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

Boshqa yangiliklar