1

"Karantin qoidalariga mutlaqo rioya etilmagan",– SSV rossiyalik blogerni kutib olish uchun yig`ilganlar bo`yicha rasmiy munosabat berdi

Jamiyat 14.07.2021, 15:49
Teglar: Sog`liqni saqlash vazirligi
"Karantin qoidalariga mutlaqo rioya etilmagan",– SSV rossiyalik blogerni kutib olish uchun yig`ilganlar bo`yicha rasmiy munosabat berdi

Avvalroq, kecha tunda Amir Temur hiyobonida Rossiyalik bloger "Subo"ni kutib olish uchun 200 ga yaqin fuqaro yig`ilgani bo`yicha rasmiy ma`lumot bergan edik. 

Sog`liqni saqlash vazirligi ushbu holatga rasmiy munosabat bilan chiqdi. 

Bir necha kun muqaddam O`zbekistonda koronavirus infeksiyasi tarqalishining oldini olish bo`yicha Respublika maxsus komissiyasi tomonidan mavjud epidemiologik vaziyat tufayli yurtimizda barcha turdagi ommaviy bayram tadbirlari, sport musobaqalari, shuningdek, konsert, festival, teatr va kino dasturlari vaqtincha to`xtatilishi belgilangan edi.

Bundan tashqari, 50 nafardan ko`p bo`lgan kishilar bir joyda, bir vaqtning o`zida to`planmasligi tavsiya etilmoqda.  

1 avgustdan boshlab esa to`yxonalarda oilaviy tantana, to`y, ma`raka va marosimlarni faqatgina 50 kishidan ko`p bo`lmagan hamda sanitariya va gigiena talablariga qat`iy rioya etgan holda o`tkazishga ruxsat berilgan. Ushbu chora-tadbirlarning barchasi yagona maqsad — aholi salomatligini asrashga qaratilgan.

Biroq shunga qaramay, ayrim hollarda karantin qoidalari va cheklovlari qo`pol ravishda buzilayotgan holatlar ham kuzatilmoqda.  

Xususan, kecha, 13 iyul kuni Toshkentdagi Amir Temur xiyobonida Instagram va Youtube ijtimoiy tarmoqlarida “Subo” nomi bilan tanilgan rossiyalik bloger S.Mamedovni kutib olish uchun 150-200 nafarga yaqin yoshlar yig`ilgan. Ijtimoiy tarmoqlar va internet saytlarida tarqalgan ushbu tadbir aks etgan videotasvirlardan ko`rish mumkinki, bu yig`inda ishtirok etgan yoshlar tomonidan mamlakatimizda o`rnatilgan ijtimoiy masofa saqlash, niqob taqish kabi karantin qoidalariga mutlaqo rioya etilmagan.  

Aytish kerakki, bu holat koronavirus infeksiyasining yanada keng tarqalishi va epidemiologik vaziyat yanada og`irlashishiga olib kelishi mumkin. Kasallikning yangi shtammlari tez yuqishi, jadal rivojlanishi hamda yashirin ravishda organizmni kuchli jarohatlashi kuzatilmoqda. Inson o`z organizmida kechayotgan jarayonni bilmay qolishi ham mumkin.

Shu bois, barcha fuqarolardan karantin qoidalari va cheklovlari, sanitariya va gigiena talablariga qat`iy rioya etishga, ommaviy to`planmaslikka chaqiramiz. Ota-onalar o`z farzandlariga bu borada tegishli tushuntirish berishlari, ko`pchilik to`planadigan joylardan uzoq bo`lishlariga e`tibor qaratishlarini so`raymiz.

Zero, birgina e`tiborsizlik, loqaydlik, o`zimiz va yaqinlarimiz salomatligini xavf ostiga qo`yishi, “COVID-19” infeksiyasini yurtimiz aholisi orasida yanada keng tarqalib ketishiga sabab bo`lishi mumkin.  

️Yodda tuting: O`zbekiston Respublikasining Ma`muriy javobgarlik to`g`risidagi kodeksiga muvofiq, epidemiyalarga qarshi kurashish qoidalarini buzish tegishli tartibda javobgarlikka tortishga sabab bo`ladi.

Sharhlar

Kecha yurtimizda 450 nafardan ortiq kishida koronavirus, 17 nafar kishida pnevmoniya aniqlandi

15.10.2021, 10:20

Kecha yurtimizda koronavirus infeksiyasiga chalingan bemorlar soni 450 nafardan oshdi, birgina Toshkent shahrida 190 nafarga yaqin bemor qayd etildi. 2021 yil 14 oktyabr holatiga ko`ra, O`zbekistonda...
Turmush qurishdan avval emlanish kerakmi? SSV javob berdi

08.10.2021, 17:39

Sog`liqni saqlash vazirligi oila qurishdan avval koronavirusga qarshi vaksina bilan emlanish kerak yoki kerakmasligi to`g`risidagi savolga javob berdi. Har bir ota-ona o`zidan sog`lom zurriyod qoldirishni istaydi....
Qarshi shahar tug`riqxonasida 3 nafar egizak tug`ildi. Ularga Shavkat, Mirziyo va Miromon ismlari qo`yilgani aytilmoqda

02.10.2021, 16:16

Qarshi shahar tug`ruqxonasida 1 oktyabr kuni Murodovlar oilasida 3 nafar egizak dunyoga keldi.  Egizaklarning uchalasi ham o`g`il bola.  Bu haqda Sog`liqni saqlash vazirligi xabar berdi.Chaqaloqlar...
Sirdaryolik onkologlar 160 dan ortiq bemorga distansion nur terapiya muolajalarini o`tkazdi

30.09.2021, 14:50

Respublika ixtisoslashtirilgan onkologiya va radiologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi Sirdaryo filiali shifokorlari onkologik kasalliklar bilan og`riyotgan bemorlarni davolash, ularni umr ko`rish davomiyligini uzaytirish maqsadida Chexiya davlatida...
Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1